Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (2353-son)
18.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 18-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2353]
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-avgustdagi 404-son “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2011-yil 1-iyundagi 156-son “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2237, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 253-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 28-mart,
82-son
Oʻzbekiston Respublikasi cogʻliqni saqlash vazirining 2012-yil 28-martdagi 82-son buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining
roʻyxati
Izoh:
1. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu roʻyxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi taʼsir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega boʻlgan dori vositalari ham kiradi.
2. Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalarining barcha inyeksion dori shakllari retsept boʻyicha beriladi.
3. Dori vositalarining oʻramlari, qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalari, ilova-varaqalarida koʻrsatilgan berish tartibidan qatʼi nazar, dori vositalarini berishda ushbu roʻyxatga amal qilinishi kerak.
