Oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (111-son)
17.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 27-fevraldagi PQ-1717-son qaroriga muvofiq, mahalliy maishiy texnika ishlab chiqarishning ishlab turgan quvvatlarini kengaytirishga, oilalarga uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni isteʼmol krediti sifatida berishga va jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etish yoʻli bilan xotin-qizlar mehnatining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining prognoz parametrlari 3-ilovaga muvofiq maqullansin.
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Fargʻona, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning tasdiqlangan prognoz parametrlarini bajarishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
4. Belgilansinki, nazarda tutilgan parametrlarga muvofiq jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va jihozlash tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, shuningdek tijorat banklari va boshqa moliyaviy tashkilotlarning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
aholi punktlari boʻyicha qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida tashkil etiladigan jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalarning manzilli roʻyxatlarini;
kir yuvish xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan kir yuvadigan mashina-avtomatlar va boshqa texnologik asbob-uskunalarni xarid qilish uchun tashkiliy masalalar hal etilishini va tadbirkorlik subyektlariga kreditlar berilishini nazarda tutuvchi jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning tasdiqlangan parametrlarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-aprel,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 1-ILOVA
2012 — 2014-yillarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan elektr-maishiy texnika ishlab chiqarishning
prognoz parametrlari
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 2-ILOVA
2012-yilda qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi mavzelarida jamoa boʻlib foydalaniladigan kirxonalar tashkil etishning maqsadli
parametrlari
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-apreldagi 111-son qaroriga 3-ILOVA
2012 — 2014-yillarda elektr-maishiy texnika tovarlari sotib olish uchun aholiga ajratiladigan isteʼmol kreditlarining
prognoz parametrlari
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 16-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
