“Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida respublika qishloq aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash hamda Shreder nomidagi bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston filiali laboratoriyasini jihozlash loyihalarini moliyalashtirish toʻgʻrisida (110-son)
16.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq aholi punktlarining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ilmiy muassasalarini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatlararo bitimga muvofiq tuzilgan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablagʻlari hisobiga 2012-yilda ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
yil va choraklarga boʻlib chiqqan holda loyihalarni moliyalashtirish jadvallarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishsinlar;
mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar va loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasida tushgan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mazkur qarorga ilovaga kiritilgan qishloq aholi punktlaridagi ichimlik suv taʼminoti obyektlari boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-aprel,
110-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-apreldagi 110-son qaroriga ILOVA
“Taraqqiyot uchun oziq-ovqat” dasturi doirasidagi grant mablagʻlar hisobiga 2012-yilda moliyalashtiriladigan loyihalar
roʻyxati
Izoh: loyihalarni moliyalashtirish muddatlari qurilish ishlarining tugallanishiga va davlat qabul komissiyasi dalolatnomalarining rasmiylashtirilishiga koʻra aniqlanadi.
