Sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani sohasida hamkorlik boʻyicha oʻzaro
23.08.2011
KOREYA RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VA IJTIMOIY TAʼMINOT VAZIRLIGI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI OʻRTASIDAGI
ANGLAShUV MEMORANDUMI
Koreya Respublikasi Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, kelgusida “Tomonlar” deb ataluvchilar,
sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida anglashuvga erishdilar:
1-band
Tomonlar sogʻliqni saqlash va tibbiyot fani sohasidagi hamkorlikni oʻzaro manfaatli ravishda hamda Tomonlar davlatlarining qonunchiligi asosida koʻllab-quvvatlaydilar va rivojlantirib boradilar.
2-band
Tomonlar sogʻliqni saqlash va tibbiyot fanining sohalarida hamkorlikni quyidagi oʻzaro qiziqish boʻlgan sohalarda olib boradilar:
a) Sogʻliqni saqlashni tashkillashtirish va boshqarish;
b) Statsionar holatida koʻrsatiladigan tibbiy yordam;
s) Sogʻliqni saqlash va tibbiyot texnikasi sohasida yangi texnologiyalar;
d) Yuqumli boʻlmagan va yuqumli kasalliklar diagnostikasi qilish va davolash;
e) elektron tibbiyot;
f) tibbiyot va dori vositalari siyosati hamda ilmiy izlanishlar;
g) sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va kasalliklarni oldini olish;
h) ilmiy izlanishlar, biotexnologiyalarni rivojlantirish va industrializatsiyasi;
i) Tomonlar kelishuviga koʻra boshqa sohalar.
3-band
Tomonlar hamkorlikni quyidagilar orqali olib boradilar:
a) axborot almashinuvi;
b) delegatsiyalar va mutaxassislar almashinuvi;
s) Tomonlar uchun ustuvor boʻlgan yoʻnalishlarda tajriba almashinuvi;
d) kongress, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
e) sogʻliqni saqlash, tibbiyot va farmatsevtika fani sohasida oʻzaro qiziqish boʻlgan qoʻshma loyihalar va xodimlarni oʻqitish;
f) ikki davlat oʻrtasida tibbiy yordam xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash;
g) xalqaro hamkorlik.
4-band
Tomonlar talablariga asosan, sogʻliqni saqlash sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilik hamda tibbiyot fani, yangi texnologik kashfiyotlar va yangi tibbiyot texnikasi boʻyicha axborot va tajriba almashadilar.
5-band
Tomonlar tibbiyot muassasalari, milliy tibbiyot markazlari, klinikalari va davolash muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrihamkorlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha harakatlarni ikki tomonlama qiziqish doirasida amalga oshiradilar.
6-band
1. Tomonlar bilim, tajriba va malakasini oshirish maqsadida, ekspertlar va tibbiyot mutaxassislari almashuvini, ikki davlat uchun ustuvor boʻlgan sohalarda amalga oshiradilar.
2. Mutaxassislar almashuvi bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni, shu jumladan, transport, mehmonxonalarda yashash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni yuboruvchi Tomon oʻz zimmasiga oladi.
3. Ushbu Memorandum doirasidagi oʻzaro faoliyatning boshqa shakldagi turlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar Tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan toʻlanadi.
4. Tomonlar boshqa davlatga rejalashtirilayotgan safardan kamida bir oy oldin, oʻz ekspertlari va mutaxassislarining ishchi dasturlarini tayyorlab, ingliz tilida ikkinchi Tomonga yuboradi.
7-band
Tomonlar ushbu Memorandum doirasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish uchun vazirliklar masʼul xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhini tayinlaydilar.
8-band
Tomonlarning kelishuviga asosan, ushbu Memorandumga oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin boʻlib, ular Memorandumning ayrilmas qismi hisoblangan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladi.
9-band
Tomonlarning xat orqali oʻzaro kelishuviga asosan, ushbu Memorandum oʻzgartirilishi mumkin.
10-band
Ushbu Memorandum Tomonlarning imzolagan kunidan boshlab kuchga kiradi va besh yil muddatga amal qiladi. Tomonlardan biri boshqa Tomonni, tegishli muddat tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali ushbu Bitimning amal qilinishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning faoliyati oʻz-oʻzidan keyingi besh yil muddatga uzaytiriladi.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.
Ushbu Memorandumning tugatilishi, agarda Tomonlar boshqa kelishuvga ega boʻlmasalar Memorandum amal qilgan davrda boshlangan loyiha va dasturlarning tugatilishiga taʼsir qilmaydi.
Toshkent shahrida 2011-yil 23-avgustida ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, koreys va ingliz tillarida boʻlgan bir xil maʼnoda tuzildi va barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Memorandumning bandlarini talqin qilishda tafovutlar boʻlgan xolda, ingliz tilidagi matn ustuvorlik qiladi.
(imzolar)
