Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining notariat faoliyatini tashkil etishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (105-son)
10.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Notariat instituti takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek yangi tashkil etilgan notarial idoralarni yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 10-aprel,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-apreldagi 105-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 12-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “notarial va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
