Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (99-son)
04.04.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida sodir boʻlgan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tabiiy ofat natijasida buzilgan 234 ta uy-joy egalariga imtiyozli narxlarda qurilish materiallarini xarid qilishi uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Jizzax viloyati hokimligiga 2 092,0 mln soʻm mablagʻ ajratsin.
3. Jizzax viloyati hokimligi (S.U. Ismailov):
imtiyozli narxlarda qurilish materiallari xarid qilish uchun ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning natijalari toʻgʻrisida 2012-yil iyul oyida va 2013-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov hamda Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 4-aprel,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 99-son qaroriga ILOVA
Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida yuz bergan tabiiy ofat (sel, suv toshqini) natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etish
ChORA-TADBIRLARI
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 158-modda)
