Toshkent viloyati hududida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida (254-son)
28.12.2011
Toshkent viloyati hokimi
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi 1992-yil 1-son 45-modda; 1993-yil 9-son 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 2000-yil 5-6-son 153-modda), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009-yil 15-son 186-modda) talablari asosida, viloyat hududidagi boʻsh turgan bino-inshootlardan oqilona foydalanish, ularga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlash hamda kutilayotgan xarajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 315-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Davlat mulki qoʻmitasining davlat mulki boʻlgan bino va inshootlar boʻyicha kelishilgan ijara toʻlovlarining eng kam stavkalari hisob-kitoblari 2011-yil 14-dekabrdagi SG-2-1/7-4029, TG/08-01-32-14/791 va 01/16-703-son xatlari inobatga olinsin.
3. Viloyat hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2012-yil davomida foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Davlat mulkini balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslari:
yil choragida kamida bir marta oʻzining yuritishida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazilishi;
foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning, shuningdek ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklangan qiymati toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi;
davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab notoʻgʻri qayd etilishligi, buning natijasida ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi uchun bevosita qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
“Toshkent viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi rahbari (A. Xakimov)ga:
Davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish, ijaraga berilayotgan mulklarni va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish, ijaraga beriladigan mulklar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, ijaraga berilgan mulkni har chorakda xatlovdan oʻtkazish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat kilish;
foydalanilmayotgan, davlat mulkini ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini davriy nashrlarda hamda Oʻzbekiston Republikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har choraqda kamida bir marta joylashtirish;
viloyat hududida foydalanilmayotgan, boʻsh turgan binolar va inshootlarni aniqlab, samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish;
viloyat boʻyicha mavjud davlat koʻchmas mulki va ularni ijaraga berish natijasida ish bilan taʼminlangan qoʻshimcha ishchi oʻrinlari haqida viloyat hokimligiga har choraqda maʼlumot berish vazifalari yuklatilsin.
6. Viloyat Davlat soliq boshqarmasi (D. Fayzullayev), shahar va tuman hokimliklari, hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulkining hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda “Ijara markazi” ning hududiy vakillari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysinlar.
7. Shahar va tuman hokimlariga mazkur qarorning 2-ilovasidan kelib chiqib, mulkning joylashgan manzilini inobatga olgan holda hududiy zonalarni (1-2-3-4-zona) 2011-yil 31-dekabrga qadar belgilash yuklatilsin (bunda Chirchiq shahrida 2011-yilda qoʻllanilgan tajribani hisobga olish tavsiya etilsin).
8. Viloyat hududida foydalanilmasdan boʻsh turgan davlat mulklarini ijaraga berishni uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Ijara markazi (ijaraga beruvchi) balansda saqlovchilar va ijaraga oluvchilar ishtirokida tuman va shahar hokimliklarida oʻtkaziladigan tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tadbirlarni televideniye va radio orqali hamda gazeta va jurnallarda yoritib borilishi taʼminlansin.
9. Viloyat hududida 2012-yilda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalar joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi belgilansin.
10. Mazkur qaror “Toshkent haqiqati”, “Tashkentskaya pravda” gazetalar eʼlon qilingach, 2012-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilishi belgilansin hamda shu munosabat bilan viloyat hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 295-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimi oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh,
2011-yil 28-dekabr,
254-son
Viloyat hokimining 2011-yil 28-dekabrdagi 254-sonli karoriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatida Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganligi uchun koʻllanadigan ijara toʻlovnniig evg kam mikdordagi stavkalari
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiiing 2009-yil 30-iyundagi 07/10-41-son majlis Bayennomasining 11-bandiga muvofiq mulkiy shaklidan qatʼiy nazar dorixona muassasalarining filiallari QVP binolarida faoliyat koʻrsatayotginligi uchun ijara toʻlovidan ozod qilinadilar.
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-noyabrdagi —02/12-57-sonli topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasining tarkibiy qismlari uchun yopiq harbiy shaharchalar hamda uzoq togʻ zonalarida joylashgan koʻchmas davlat mulkidan foydalanganda ijara toʻlovining eng kam minimal stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
*Bino va inshootlarga biriktirilgan (ajratilgan) maydonlarida (asfaltlangan yoki betonlashtirilgan) elektr, radio, uyali va peydjing aloqa antenalari oʻrnatilganda foydalaniladigan maydoni uchun ijara haqi toʻlovlari bino va inshootlarga oʻrnatilgan antenalar uchun belgilangan ijara stavkalari boʻyicha hisoblanadi. Bunda, qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti (Kq) koʻllanilmaydi.
Viloyat hokimining 2011-yil 28-dekabrdagi 254-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyent:
2-Qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti (Kk):
alohida turgan bino — 1,5;
binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan — 1,0;
binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona — 0,7;
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,5.
3-Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
er maydoni mavjud boʻlganda — 0,8.
4-Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko):
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,5;
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,4.
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniklanadi:
Ts = Es * Kz * (Kq+Kh+Ko).
bunda:
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovi tayanch stavkasi.
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka.
Viloyat hokimining 2011-yil 28-dekabrdagi 254-sonli qaroriga 3-ILOVA
Viloyat shahar va tuman hokimliklari rahbarligida Ijara markazi xodimlari tomonidan davlat mulkini balansda saqlovchi va ijaraga oluvchilar ishtirokida oʻtkaziladigan tadbirlar
REJASI
