“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2214-1-son)
28.03.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2214-1]
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish, aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarini oldini olish, havo kemalarining parvozlari xavfsizligini taʼminlash va fuqarolar oldida ularning hayotlari uchun javobgarlikni oshirish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 5-apreldagi 43-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2214, 2011-yil 11-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 153-modda) 1-bandidagi “2012” raqami “2013” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-mart,
18-son
