Toshkent viloyatining 2011-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida (301-son)
31.12.2010
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010-yil 26-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 210-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 117-II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1449-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1449-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga 1,6 foiz hamda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasiga 0,5 foiz miqdorida majburiy ajratmalarni hisoblanishi belgilangan obyektlari 24-ilovaga* muvofiq;
*24-ilova berilmaydi.
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida mablagʻlar 25-ilovadagi* meʼyorlarga muvofiq taqsimlangan holda, yagona ijtimoiy toʻlovlar stavkasi 25 foiz miqdorida;
*25-ilova berilmaydi.
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 4,5 foiz miqdorida belgilanganligi;
yagona soliq toʻlovidan tushumlar Davlat budjeti, Respublika budjeti, Respublika Yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmasi oʻrtasida Moliya vazirligi tomonidan aniqlangan miqdorlarda taqsimlanishi belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
3. 2011-yil 1-yanvardan viloyat hududida:
Viloyatning 2011-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq;
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalari mazkur qarorning 2 va 3- ilovalariga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari mazkur qarorning 4-ilovasiga muvofiq;
jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk soligʻi stavkasi mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq;
viloyat davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yigʻimlarning stavkalari mazkur qarorning 6-ilovasiga muvofiq;
viloyat hududidagi shahar va qoʻrgʻonlardagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari mazkur qarorning 7-ilovasiga muvofiq;
viloyat mahalliy budjetining 2011-yilga belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdori mazkur qarorning 8-ilovasiga muvofiq;
Viloyat boʻyicha 2011-yilda viloyat budjetidan mahalliy budjetlarga beriladigan maqsadli subvensiyalarning miqdorlari mazkur qarorning 9-ilovasiga muvofiq;
Viloyat boʻyicha 2011-yilda umumdavlat soliqlaridan kutilayotgan tushumlarning mahalliy budjetlarga ajratmalarining meʼyori mazkur qarorning 10-ilovasiga muvofiq;
Viloyat boʻyicha 2011-yilda viloyat va mahalliy budjetlarning aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorlari mazkur qarorning 11-ilovasiga muvofiq;
viloyat hokimligining 2011-yil uchun belgilangan zaxira jamgʻarmasi miqdori mazkur qarorning 12-ilovasiga muvofiq tasdiqlansin.
4. Viloyat hokimligi Moliya boshqarmasiga 2011 moliya yili davomida:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bildirishnomalari hamda viloyat hokimining qaror va farmoyishlariga muvofiq budjetining daromadlar va xarajatlar qismiga oʻzgartirishlar kiritish:
tegishli budjetlarga maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutiga) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha undiriladigan barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi va unga ajratmalar, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning) mablagʻ bilan soʻzsiz taʼminlanishi zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
5. Viloyat hokimining 2010-yil 26-avgustdagi 216-sonli “Viloyat hokimining 2009-yil 30-dekabrdagi “Toshkent viloyatining 2010-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 260-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-dekabr,
301-son
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatining 2011-yilgi mahalliy budjeti asosiy parametrlari
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliqning stavkalari
*) Jismoniy shaxslarning shaxsiy yordamchi xoʻjalikda yetishtirilgan qora mol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni soʻyib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xoʻjalikda yetishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlari (gulchilikdan tashqari)ni sotishdan tashqari. Izoh: jismoniy shaxs:
a) faoliyatning bir nechta turi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar soliqni faoliyatining har bir turi uchun alohida toʻlaydi;
b) ijaraga olingan jihozlardan va xonalardan (imorat, binolarda), shu jumladan ishonchnoma orqali boshqarilayotgan avtotransport vositalarida faoliyat yuritsalar, yashash joyi boʻyicha Davlat soliq idorasiga ijaraga beruvchi shaxs (shu jumladan avtotransport vositasi egasi) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etishlari shart;
v) faoliyatni davlat roʻyxatidan oʻtgan joydan boshqa joylarda amalga oshirayotgan tadbirkor fuqarolar belgilangan soliqlarni faoliyatni amalga oshirayotgan joylari uchun hamda roʻyxatdan oʻtgan joylari uchun oʻrnatilgan stavkalarni eng yuqorisi boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan joylardagi soliq organlariga toʻlaydilar;
g) jismoniy shaxslarni mol-mulkni ijaraga berishdan olgan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarorining 8-ilovasida belgilangan stavkalar boʻyicha soliqqa tortiladi.
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 3-ILOVA
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga 2011-yil uchun belgilangan qatʼiy soliq stavkalari
Izoh: qatʼiy belgilangan soliq uchun taqdim etiladigan hisob-kitobda hisobga olinmagan fizik koʻrsatkichlari aniqlansa, ushbu holat soliqqa tortiladigan obyektni yashirish deb hisoblanadi.
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 4-ILOVA
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 5-ILOVA
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk soligʻining stavkalari
*) Jismoniy shaxslarga tegishli mulk baholash idoralari tomonidan baholanmagan boʻlsa, u holda mol-mulk soligʻini hisoblash uchun shahar va qishloq joylardagi mulkning qiymati shartli ravishda 8030,0 ming soʻm miqdorida qabul qilinadi.
Eslatma:
Egaligida soliqqa tortiladigan mulki boʻlgan nafaqahoʻrlar uchun, mol-mulk soligʻi boʻyicha soliqqa tortilmaydigan minimum, umumiy hajmining 60 kvadrat metr miqdorida belgilanadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan ularga tegishli obyektlarni uy-joy fondidan noturar fondi turiga oʻtkazilganda yoki shaxsiy mulki sifatida noturar fondi boʻlgan obyektlarni (imorat, imoratdagi xonalar) sotib olganda, mol-mulk soligʻi yuridik shaxslarga belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 6-ILOVA
Toshkent viloyati boʻyicha 2011-yilga viloyat va mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorlari
Eslatma:
*) Belgilangan stavka miqdorlari Toshkent viloyati hududida yagona va qatʼiy hisoblanadi
**) Yigʻimning 5 foizi miqdoridagi qismi Davlat boshqaruv organlarining yigʻimni undirishni taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 7-ILOVA
Toshkent viloyati hududidagi shahar va qoʻrgʻonlardagi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalarining miqdorlari (soʻmda)
Fuqarolardan qishloq joylarida joylashgan yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari
Eslatma:
1. Shahar va qoʻrgʻonlardagi iqtisodiy tumanlar, shuningdek sugʻoriladigan va lalmikor-yaylov zonalarning chegaralari shahar va tuman hokimiyatlari tomonidan belgilanadi.
2. 2-jadvalda keltirilgan soliq stavkalariga yer maydonlarining joylashuviga qarab quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: Toshkent shahri atrofida 20 km radiusda joylashgan boʻlsa — 1,3; viloyatlar markazi atrofida 15 km radiusda boʻlsa — 1,2; tumanlar markaz atrofida 10 km radiusda boʻlsa — 1,15; boshqa shaharlarning atrofida 5 km radiusda boʻlsa — 1,10.
Yer uchastkasigacha boʻlgan masofa shahar va tuman markazlari maʼmuriy chegarasidan avtomobil yoʻllari boʻyicha aniqlanadi. Agar, yer uchastkasi ikkita shahar yaqinida joylashgan boʻlsa eng yuqori koeffitsiyent qoʻllaniladi.
3. Dehqon xoʻjaliklaridan undiriladigan yer soligʻi stavkalariga erning sifatiga qarab quyidagi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi: boniteti 40 ballgacha boʻlsa— 0,75; 41 balldan 70 ballgacha —1,0; 70 balldan yuqorisiga —1,25.
4. Jismoniy shaxslardan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ajratilgan yer maydonlari uchun soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalarda undiriladi.
5. Jamoa va xususiy garajlar uchun jismoniy shaxslardan yer soligʻi yakka tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yerlarga belgilangan stavkalar boʻyicha soliq undiriladi.
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 8-ILOVA
Viloyat mahalliy budjetining 2011-yilga daromadlar va xarajatlar taqsimoti
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 9-ILOVA
Toshkent viloyati boʻyicha 2011-yilda viloyat budjetidan mahalliy budjetlarga beriladigan maqsadli subvensiyalar cheklangan miqdorlari
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 10-ILOVA
Toshkent viloyati boʻyicha 2011-yilda umumdavlat soliqlaridan kutilayotgan tushumlarning mahalliy budjetlarga ajratmalarining meʼyori
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 11-ILOVA
Toshkent viloyati boʻyicha 2011-yilga viloyat va mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablagʻlarining eng kam miqdorlari
Toshkent viloyati hokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 301-sonli qaroriga 12-ILOVA
Viloyat hokimligining 2011-yil uchun belgilangan zaxira jamgʻarmasi miqdori
