Texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida
21.09.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchi),
Ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar va texnik-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojiga koʻra Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga 20 (yigirma) million xitoy yuani miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatadi.
2-modda
Mazkur begʻaraz yordam Tomonlar oʻrtasida kelishilgan loyihalarda foydalaniladi. Muayyan masalalar alohida bitimlar imzolash orqali ikki Tomon oʻrtasida qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
3-modda
Ushbu Bitimni amalga oshirish uchun hisob-kitob boʻyicha tegishli qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan organ va Xitoy Davlat rivojlanish banki tomonidan qoʻshimcha ravishda kelishib olinadi.
4-modda
Ushbu Bitim imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar ushbu Bitimda belgilangan barcha majburiyatlarini bajargunlariga qadar amal qiladi.
Toshkent shahrida 2011-yil 21-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, xitoy va rus tillarida tuzilgan, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)
