Toshkent viloyati hududida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganligi uchun qoʻllanadigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida (151-son)
20.07.2009
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari toʻplami, 2009-yil, № 15, 186-modda) talablari asosida, viloyatdagi bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda shuningdek, boʻsh turgan bino va inshootlarni, kutilayotgan harajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish, ulardan oqilona foydalanish maqsadida, qaror qilaman:
1. Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Davlat mulki qoʻmitasining 2-1-7/7-607, 08-01-32-14/415, 01/16-18/16-son xatlari inobatga olinsin.
2. Viloyatda Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganligi uchun qoʻllanadigai ijara toʻlovining eng kam mikdordagi stavkalari 1-ilovaga hamda hududiy zonalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat hududida qoʻllanadigan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari mazkur qaror tasdiqlangan kundan kuchga kiritilsin.
4. Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshidagi “TOSHKENT VILOYATI DAVLAT MILKINI IJARAGA BERISH MARKAZI” Davlat unitar korxonasi (A. Xakimov)ga viloyatda hozirgi kunda foydalanilmayotgan boʻsh turgan bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni aniqlab, tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish, viloyatda qoʻshimcha ishchi oʻrinlarni yaratish maqsadida har chorakda qilingan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga hisobot berib borish.
5. Belgilab qoʻyilsinki, ijaraga beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaxsga) ijaraga berilayotgan mulklarni va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish, ijaraga beriladigan mulklar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda ijaraga berilgan mulkni har chorakda xatlovdan oʻtkazishga shaxsan masʼuldir.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining joriy yil 12-yanvardagi 12-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-iyul,
151-son
Viloyat hokimining 2009-yil 20-iyuldagi 151-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatida Davlat koʻchmas mulkidan fondalanganligi uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining
ENG KAM MIqDORDAGI STAVKALARI
Ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyent:
Maʼmuriy binoning holati va qurilish turiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti (Kz) viloyat hududi zonalari roʻyxati ilova qilinadi.
2. Binoning qurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti (Kq)
alohida turgan bino — 1,5
qoʻshimcha qurilgan bino — 1,0
binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona — 0,7
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,5
3. Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh)
er maydoni mavjud boʻlganda — 0,7
4. Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko)
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,5
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,4
Binoning holati va qurilish turi boʻyicha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es * Kz * ( Kq+Kh+Ko).
bunda:
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka.
Viloyat hokimining 2009-yil 20-iyuldagi 151-sonli qaroriga 2-ILOVA
Hududiy zonalar
