Toshkent shahridagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan undiriladigan bir marotabalik kundalik joy va xizmat haqi toʻlovlarining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida (210/3-24-son)
22.12.2009
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining Toshkent shahar hokimligi iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha majmuasining “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi bozorlarda savdo qiluvchi shaxslardan undiriladigan bir marotabalik kundalik joy va xizmat haqi toʻlovlarining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi boʻyicha qarorini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. 2010-yilning 1-yanvardan boshlab:
Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari savdosini amalga oshirish uchun bir marotabalik “joy haqi” toʻlovi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Toshkent shahridagi buyum va ixtisoslashgan bozorlar hududida (“Chilonzor buyum bozori”dan tashqari) nooziq-ovqat va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan undiriladigan “joy haqi” toʻlovi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
“Chilonzor buyum bozori” aksiyadorlik jamiyatida savdoni amalga oshirish uchun bir marotabalik “joy haqi” toʻlovi miqdori xamda buyumlarni saqlash uchun “xizmat haqi” toʻlovi miqdorlari 3-ilovaga muvofiq:
Toshkent shahar bozorlarida “koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun” toʻlov miqdorlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va Xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi bozorlar maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlarda savdoni amalga oshirish uchun bir marotabalik joy haqi va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻlovlari miqdorlarini amalda joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2008-yil 26-dekabrdagi “Toshkent shahridagi bozorlarida savdo qiluvchi shaxslardan undiriladigan bir marotabalik kundalik joy va xizmat haqi toʻlovlarining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi 162/3-18-sonli qarori 2010-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-dekabr,
210/3-24-son
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 22-dekabrdagi 210/3-24-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahar dehqon bozorlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan savdo qiluvchilardan undiriladigan bir marotabalik kundalik joy haqi toʻlovi
miqdorlari
Mahsulot turi Joy haqi toʻlovi miqdori (soʻm hisobida) 1. Mevalar: Hoʻl mevalar: olma, anor, nok, shaftoli, anjir, olxoʻri, gilos, koʻk va qizil sulton, oʻrik, uzum 2000 olcha (1 chelak) 600 qulupnay, malina va h.k. 2000 sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon) 4500 tropik mevalar (banan, ananas, kivi va h.k.) xamda chet eldan keltirilgan hoʻl mevalar 5500 Quruq mevalar: turshak, bargak, mayiz, yongʻoq, yer-yongʻoq, bodom, pistalar, shoʻrdanak va h.k. 4000 2. Sabzavotlar: kartoshka, piyoz, karam, sabzi, lavlagi, sholgʻom, chesnok, bulgʻor qalampiri, baqlajon, patison, kabachki, pomidor, bodring va h.k. 1000 Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring 2500 3. Poliz mahsulotlari: handalak, qovun, tarvuz, qovoq (har bir kv.m. joy uchun) 3000 4. Don mahsulotlari: guruch 2500 kungaboqar, yormalar (krupa) 2000 bugʻdoy, suli, arpa va h.k. 1500 5. Dukkakli mahsulotlar: mosh, loviya, noʻxot va h.k. 2500 6. Sut mahsulotlari: sut, qatiq 1000 Qaymoq, smetana, uy pishlogʻi, suzma va h.k. 2000 7. Non mahsulotlari: obi non 1000 yogʻliq patir 1500 8. Tuzlamalar: karam, bodring, pomidor va h.k., koreys salatlari, uyda konservalangan sabzavot va mevalar 2500 supurgi 1500 pishirilgan joʻxori 1500 9. Ziravor va dorivorlar 3000 10. Asal 3000 11. Uy sharoitida tayyorlangan pishiriqlar va milliy qandolat mahsulotlari 2500 12. Goʻsht mahsulotlari: mol, qoʻy, choʻchqa va parranda goʻshti, jigar va dumba 4500 submahsulotlar (kalla-pocha, ichak va h.k.) 3000 13. Mayda ulgurji va ulgurji bozorlarda: mol goʻshti tanasining xar bir choragi uchun 5000 soʻyilgan qoʻyning butun tanasi uchun 4500 14. Tirik baliq 3500 15. Tuxum 2500 16. Koʻkatlar 1000 issiqxonalarda yetishtirilgan koʻkatlar 1200 17. Gullar 2500 18. Koʻchatlar 2500 19. YILQI (xar bir bosh uchun) — ot, toy 6000 toycha, eshak 4000 20. Yirik shohli qoramol (har bir bosh uchun) 5000 21. Mayda shoxli qoramol (har bir bosh uchun) — �oʻy, echki 2500 qoʻzi 1500 22. Choʻchqa (xar bir bosh uchun) 3000 choʻchqa bolasi (xar bir bosh uchun) 2000 23. Uy parrandalari (har bir bosh uchun) — kurka 500 tovuq, oʻrdak, gʻoz 400 joʻja (har bir 10 bosh uchun) 500 24. Turli zotdagi it va mushuk, manzarali qush va baliqlar, ularning ovqatlari 4000 25. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yuk avtomashinalaridan sotish 6000 yengil avtomashinalardan sotish 4000 26. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ulgurji bozorlarda — yengil avtomashinalaridan sotish 5000 yuk avtomashinalaridan sotish 7000 tirkamali, yarim tirkamali yuk avtomashinalari va avtopoyezdlardan sotish 12000 avtomashinadan tushirib yerdan ulgurji sotish: a) 6 kv.metrgacha maydonda 5000 b) 6 — 12 kv.metrgacha maydonda 7000 v) 12 — 18 kv.metrgacha maydonda 14000 koʻkatlarni u�gurji sotish 6 kv.metrgacha maydonda 5000 mahsulotlarni saralash va qadoqlash uchun (12 kv.metrgacha maydonda) 5000 tara va oʻrov mahsulotlarini yerdan ulgurji sotish (6 kv.metrgacha maydonda) 4000
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 22-dekabrdagi 210/3-24-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi tizimidagi buyum va ixtisoslashgan bozorlar nooziq-ovqat va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilish uchun ajratilgan savdo joylaridan undiriladigan bir marotabalik joy haqi
miqdorlari
Buyum va mahsulot turi Joy haqi toʻlovi miqdori (soʻm hisobida) 1. Tayyor ustki kiyimlar: erkaklar, ayollar uchun 3000 bolalar uchun 3000 tabiiy charm va moʻynadan 3000 2. Erkaklar va bolalar koʻylaklari, ichki kiyimlar, oʻrin-toʻshak jihozlari, gazlamalar, turli xildagi mato jildlar 3000 3. Poyabzallar: erkaklar va ayollar uchun tabiiy charmdan 3000 sunʼiy materiallardan 3000 bolalar uchun 3000 4. Milliy kiyimlar (toʻn, doʻppi, qiyiq, kavush-mahsi va h.k.) 2500 5. Charm va sunʼiy charmdan tayyorlangan mahsulotlar (chemodan, sumka, kamar va x.k.) 3500 6. Attorlik mahsulotlari (galantereya) 3000 7. Kosmetika gigiyena va yuvish-tozalash vositalari 3000 8. Gilam mahsulotlari (har 6 kv.metrgacha joy uchun) 4000 9. Munshiyxona mollari va bolalar oʻyinchoqlari 3000 10. Televizor va audio-videouskunalar, elektron va tashkiliy texnika (telefon, faki, nusxa koʻchirish uskunalari, kompyuterlar va h.k.) audio-videokassetalar (shu jumladan dasturlar yozilgani ham) lazer disklari, ularga yoʻldosh va zaxira qismlari (shu jumladan eski turdagi) 4000 11. Xoʻjalikda foydalanishga moʻljallangan mahsulotlar (oshxona jihozlari, idish-tovoq, roʻzgʻor asboblari va h.k.) maishiy-roʻzgʻor texnikasi (shu jumladan eski turdagi) 3000 12. Mebel jihozlari (har 6kv.metr joy uchun) 5000 13. Kichik oʻlchamli qurilish mollari va santexnika,yoritish moslamalari (qandil, tungi chiroqlar va h.k.) 4000 14. Maxsus ajratilgan joylarda katta oʻlchamdagi va ogʻir qurilish mollari sotish: 6 kv.metrgacha 3500 6 — 15 kv.metrgacha 5500 15 — 30 kv.metrgacha 9000 15. Oziq-ovqat, konditer mahsulotlari, salqin ichimliklar 3000 16. Tamaki mahsulotlari 3000 17. Milliy va tansiq taomlar sotish 4000 18. Avtomobil ehtiyot qismlarini sotish (shu jumladan eski turdagi) 3000 19. Polietilen va qogʻoz paket sotish 2000 20. Eski turdagi uy-jihoz buyumlari, foydalanilgan kiyim-kechaklarni sotish (har bir kv.metr maydon uchun) 1500 21. Maxsus ajratilgan joylarda “sekond-xend” mahsulotlarini sotish (har bir kv.metr maydon uchun) 2500 22. Noyob hamda qadimiy (antikvar) chinni va billur (xrustal) buyumlar sotish 3500
Izoh: 1. Xalq isteʼmoli mollari bilan savdo qilinganda bir joy oʻlchami 1 — 1,2 metrgacha, gilam mahsulotlari, qurilish mollari va mebel jihozlari bilan savdo qilinganda bir savdo joyi oʻlchami 6 kv.metr (2 x 3 m.) deb belgilanadi. Belgilangan oʻlchamdan ortiq har bir joy uchun toʻla miqdorda joy haqi undiriladi.
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 22-dekabrdagi 210/3-24-sonli qaroriga 3-ILOVA
“Chilonzor buyum bozori” aksiyadorlik jamiyatida savdoni amalga oshirish uchun bir marotabalik joy hamda xizmatlar koʻrsatish toʻlovlari
miqdorlari
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 22-dekabrdagi 210/3-24-sonli qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahar bozorlarida koʻrsatiladigan xizmatlarning toʻlov
miqdorlari
