Toshkent viloyati hududida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida (295-son)
31.12.2010
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi 1992-yil 1-son 45-modda; 1993-yil 9-son 329-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasn 2000-yil 5-b-son 153-modda), Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibinn takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2009-yil 15-son 186-modda) talablari asosida, viloyat xududidagi boʻsh turgan bino-inshootlardan oqilona foydalanish, ularga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlash hamda kutilayotgan harajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish maqsadida, qaror qilaman:
1. Oʻzbekistoi Respublikasi Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari va Davlat mulki koʻmitasining 24.12.2010-y. 2-1-7/7-1403, 24.12.2010-y. SB/08-01-32-14/606 va 24.12.2010-y. 01/16-18/14-son xatlari inobatga olinsin.
2. Viloyat hududida Davlat koʻchmas mulkidan 2011-yil davomida foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijaratoʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga hamda hududiy zonalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat mulkini balansida saqlovchi tashkilot, korxona va muassasalarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan davlat mulkidan samarali foydalanishlari, foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat mulkini ijaraga berish markaziga oʻz vaktida, toʻliq va ishonchli berilishi, davlat mulkini faqat markaz orqali ijara berishni tashkillashtirilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. “Toshkent viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi raxbari (A. Xakimov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etpsh va ijaraga berish, ijaraga berilayotgan mulklarni va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish, ijaraga beriladigan mulklar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish hamda ijaraga berilgan mulkni har chorakda xatlarini oʻtqazish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va yuqoriga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chikarish va raqobatni rivojlantirish davlat koʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda eʼlon qilish;
viloyat hududida hozirgi kunda foydalanilmayotgan boʻsh turgan bino va inshootlar, asbob-uskunalarni aniqlab, samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish;
nodavlat xoʻjalik yurituvchi subyektlarga hamda fuqarolarga tegishli noturar-joylar na boshqa turdagi mulklarni ijaraga berishda ijara qonun hujjatlari yuzasidan maslahatlar berish, ijara shartnomalarini rasmiylashtirni hamda hisobga olish va ularga boshqa konsalting xizmatlarni haq evaziga amalni yordam koʻrsatish;
viloyat boʻyicha mavjud davlat koʻchmas mulki va ularni ijaraga berish natijasida ish bilan taʼminlangan koʻshimcha ishchi oʻrinlari haqida viloyat hokimligiga har chorakda maʼlumot berish vazifasi yuklatilsin.
5. Viloyat shahar soliq boshqarmasi (N. Erbekov), shahar va tuman hokimliklari xududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan obyektlarni hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat tashkilotlari, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyekglar va fuqarolar tomonidan mulklar, bino va inshootlarni ijaraga berilishida “Ijara markazi”ning hududiy vakillari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga koʻysinlar.
6. Viloyat shahar va tuman hokimliklariga, mazkur qarorning 3-ilovasidan kelib chiqib, mulkning joylashgan manzilini inobatga olgan holda oʻz xududlaridagi koʻchalar boʻyicha hududiy zonalar koeffitsiyentini belgilash yuklatilsin.
7. Mazkur qaror 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritilishi belgilansin, qaror qabul qilingan kundan viloyat hokimining 2010-yil 24-fevraldagi 81-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R.XOLMATOV
Toshkent sh.,
2010-yil 31-dekabr,
295-son
Viloyat xokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 295-sonli karoriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatida Davlat koʻchmas mulkidan foydalanilganligi uchun qoʻllanadagan ijara toʻlovining eng kam miqdordagi stavkalari
*Oʻzbekiston Rsepublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-ynl 30 nyundagi 07/10-41-son majlis bayonnomasining 11-bandiga muvofiq mulkiy shaklidan qatʼiy nazar dorixona muassasalarining filiailari QVP binolarida faoliyat koʻrsatayotganligi uchun ijara toʻlovidan ozod qilinadilar.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010-yil 10-noyabrdagi 02/12-57-sonli topshirigʻiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasn Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasining tarkibiy qismlari, yopiq harbiy shaxarchalar hamda uzoq garnizonlarida davlat mulkidan foydalanganliklari uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi 50%ga kamaytiriladi.
*** Bino va inshootlarga biriktirilgan (ajratilgan) maydonlarida (faqat asfaltlangan yoki betonlashtirilgan) elektr, radio, uyali va peydjing aloqa antennalarn oʻrnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara xaqi toʻlovlari bino va inshootlarga oʻrnatilgan antennalar uchun belgilangan ijara stavkalari boʻyicha xisoblanadi. Bunda, qurilish turi boʻyicha koeiffitsiyenti (Kq) koʻllanilmaydi.
**** Viloyat hududila joylashgan yopiq turdagi (xududga kirish taʼqiqlangan) ishchi oshxonalari (faqat korxona va tashkilotlarning ishchi xodimlari uchun xizmat qiladigan oshxonalar) uchun “Tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyentn (Ko) koʻllanilmaydi.
Viloyat xokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 295-sonli karoriga 2-ILOVA
Ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyent:
1- Hududiy zopalar koeffitsiyenti (Kz) viloyat hududi zonalari roʻyxati 3- ilovada.
2- Binoning kurilish turi boʻyicha koeffitsiyenti (Kq)
alohida turgan bino — 1,5
binoning ichki qismida joylashgan va taqab kurilgan — 1,0
binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona — 0,7
yarim yergoʻla, yertoʻla — 0,5
3- Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh)
er maydoni mavjud boʻlganda — 0,8
4- Tijorat maksadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (Ko)
asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,5
ikkinchi darajali avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda — 0,4
Binolar va inshootlar buyicha ijara toʻlovini hisoblab chiqish kuyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es * Kz * (Kq+Kh+Ko).
bunda:
Ts- bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es- bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka.
Viloyat xokimining 2010-yil 31-dekabrdagi 295-sonli karoriga 3-ILOVA
Hududiy zonalar
roʻyxati
