Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2010-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (113-son)
25.02.2010
Toshkent shahar hokimining
Qarori
2010-yil 11-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 01/16-953, 2-1-7/7-1202 va RG/08-01-32-14/46-sonli xat orqali yoʻllangan ijaraning eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarorining 3-bandini bajarish maqsadida va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2010-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi 2-ilovaga va ijara haqini hisoblashda qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi (A.A. Akramov), Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, davlat mulkini balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-fevral,
113-son
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-fevraldagi 113-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2010-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam
STAVKALARI
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-fevraldagi 113-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara haqini hisoblash
TARTIBI
Ijara stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti — Kz. (Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-yanvardagi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan)
2. Binoning joylashuvi va qurilish turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
2.1. Binoning qurilish turi boʻyicha (Kq):
alohida turgan bino — 1.0
binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan — 0.8
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0.6
cherdak, bolxona — 0.5
2.2. Tutashgan hududidan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0.3
2.3. Tijorat maqsadida foydalanishda qulayligi (Kt):
metro stansiyasidan 200 metr radius atrofida — 0.7
asosiy qatnov koʻchalarida joylashgani — 0.6 (3-ilovaga muvofiq)
ikkinchi darajali koʻchalarida joylashgani — 0.5
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es x Kz x (Kq + Kh + Ko)
bunda: Ts — bir yilga 1 kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — 1-ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga 1 kv.m uchun eng kam stavka.
Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidagi obyektlar boʻyicha Departament va ijarachi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarda, maʼmuriy binolar fondini taʼmirlash uchun, ijara toʻlovidan qoʻshimcha 30 foiz miqdorida toʻlovlar kiritiladi.
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-fevraldagi 113-sonli qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi markaziy koʻchalar
ROʻYXATI
