Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1390-1-son)
20.03.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1390-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 285-modda), 2006-yil 11-yanvardagi PQ–255-son “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 8-modda) qarorlariga, shuningdek mamlakatimiz yengil avtomobillarining sotilishi boʻyicha hisob-kitob tizimini keyinchalik takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 12-iyulda RA-01-8-31, 95, 2004-49, 256-V-son qarori (roʻyxat raqami 1390, 2004-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 347-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 20-fevral,
17-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-fevral,
2012-9-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 20-fevral,
4/1-son
