Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori bilan chora-tadbirlar rejasiga asosan Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini, shu jumladan yoʻnalishli taksini kutish joylarini yoʻlovchi transporti harakati jadvallari bilan taʼminlash toʻgʻrisida (515-son)
19.08.2010
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori 2-ilovasidagi “Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasi”ning 13-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (Muhamedjonov), Toshkent shahar hokimligi yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (Fayzullayev), Toshkent shahar xalqaro biznes markazi (Yuldashev) tomonidan taklif etilgan shahar yoʻlovchi tashish transporti, shu jumladan yoʻnalishli taksi toʻxtab oʻtadigan barcha oraliq bekatlar:
soni, turi va tumanlar kesimida taqsimlanish jadvali mazkur qarorning 1-ilovasiga;
ularga oʻrnatiladigan yoʻlovchi transporti harakat jadvallari aks ettiriladigan axborot koʻrsatkichlari namunalari mazkur qarorning 2- va 3-ilovalariga asosan tasdiqlansin.
2. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (Muhamedjonov) 2010-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda shahar yoʻlovchi tashish transportini, shu jumladan yoʻnalishli taksining kutish joylarini yoʻlovchi transporti harakati jadvallari aks ettirilgan axborot koʻrsatkichlarini:
xorijiy investitsiyalar hisobiga rekonstruksiya qilingan 146 ta bekatlarga Toshkent shahar xalqaro biznes markazi (Yuldashev) bilan birgalikda ushbu markaz mablagʻlari hisobiga mazkur qarorning 2-ilovasida keltirilgan namunaga asosan;
tadbirkorlik subyektlariga tegishli 715 ta bekatlarga tuman hokimlari bilan birgalikda bekatlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar mablagʻlari hisobiga mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan namunaga asosan;
qolgan 1114 ta bekatlarni “Toshshahartransxizmat” uyushmasi mablagʻlari mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan namunaga asosan joylashtirish taʼminlansin.
3. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi (Muhamedjonov), Toshkent shahar hokimligi yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (Fayzullayev) va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (N.Xolmurodov) 3 kunlik muddatda shahar yoʻlovchi tashish transportini, shu jumladan yoʻnalishli taksini kutish joylarini yoʻlovchi transporti harakat jadvallari bilan taʼminlashni belgilangan muddatda amalga oshirish maqsadida haftalik nazorat rejasi ishlab chiqilsin va bajarilishi yuzasidan shahar hokimligiga maʼlumot berib borilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi Sh. Muxamedjonovga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-avgust,
515-son
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 515-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida joylashgan shahar yoʻlovchi tashish transporti, shu jumladan yoʻnalishli taksi toʻxtab oʻtadigan barcha oraliq bekatlar soni, turi va tumanlar kesimida taqsimlashish jadvali
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 515-sonli qaroriga 2-ILOVA
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 515-sonli qaroriga 3-ILOVA
