Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (539-son)
28.08.2010
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyuldagi “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Toshkent shahar hokimligining Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha majmuasi, Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda Moliya bosh boshqarmasining murojaatini inobatga olib qaror qilaman:
1. 2010-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilar:
1.1. “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
1.2. “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.A. Abdumajitov), Toshkent shahar Davlat Soliq boshqarmasi (Sh.N. Raximov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (U. Musurmonov), “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (T. Urinbayev), “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (N.M. Temirov), Joylarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tashkiliy tadbirlar oʻtkazilishi taʼminlansin.
3. Toshkent shahar hokimining 2010-yil 12-martdagi “Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 135-sonli qarorining 7-bandi hamda 2010-yil 26-mart “Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 165-sonli qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-avgust,
539-son
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 28-avgustdagi 539-sonli qaroriga 1-ILOVA
“Oʼrikzor ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi
MIQDORLARI*
Izoh*: koʻrsatilgan miqdorlar 1-qavatda joylashgan bino va inshootlar uchun belgilangan boʻlib, 2-qavatda va yertoʻla qismida joylashgan bino va inshootlar uchun koʻrsatilgan miqdorlarning 50 foizi qoʻllaniladi.
Toshkent shahar hokimining 2010-yil 28-avgustdagi 539-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Sergeli ihtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara
MIQDORLARI
