Toshkent shahri aholisiga sifatli va arzon qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetkazib berish, savdodagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari narxini sunʼiy ravishda oshishini oldini olish hamda 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (517-son)
19.08.2010
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash (zakladka) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 14-iyuldagi 03-5-43-sonli majlis bayoni topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini gʻamlash (zakladka) masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga, Toshkent shahri aholisi uchun 2010-2011-yil kuz-qish mavsumida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qoʻyish topshirigʻi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
2.1. Joriy yilning 25-noyabriga qadar Toshkent shahar aholisini qish mavsumida sifatli va arzon qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan tizimli taʼminlash uchun yetarli miqdorda gʻamlash (kartoshka, piyoz, sabzi, karam va guruch mahsulotlari) ishlari tugallansin;
2.2. Shahar aholisini kuz-qish mavsumida arzon narxlardagi kartoshka, piyoz, sabzi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida viloyatlardan asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini keltirib, zaxirasini tayyorlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilsin va tasdiqlash uchun taqdim etilsin.
2.3. Markaziy meva-sabzavot omborxonasi (POK-5) qish mavsumida mahsulotlar saqlash uchun talab darajasiga va tayyor holga keltirilsin.
3. Moliya bosh boshqarmasi (M. Mirmahmudov), Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (B. Mamajonov), Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi (N. Raxmonqulova), “Mehrli savdo” shoʻba korxonasi (N. Giyasov): 2-ilovaga muvofiq Toshkent shahridagi ijtimoiy soha obyektlari, kasalxona, bogʻcha, mehribonlik uylari, maktab-internatlarga 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash maqsadida respublika viloyatlaridan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida arzon va sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlarini keltirish choralari koʻrilsin.
4. Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (Sh. Xadjizadayev), tijorat banklari bilan birgalikda:
Joriy yilda hududlardan fermer va dehqon hoʻjaliklari hamda shaxsiy tomorqalarda yetishtirilgan mahsulotlarni qoʻyish maqsadida sotib olish uchun zarur hajmda naqd pul mablagʻlarning belgilangan tartibda tezkorlik bilan berilishi tavsiya etilsin hamda “Toshkent matlubot savdo” MChJ va tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan agrofirmalarga oʻz vaqtida imtiyozli kreditlar ajratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilsin.
5. “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (E. Inogʻomov), barcha dehqon bozorlari rahbarlari bilan birgalikda:
5.1. Shahar aholisini qishloq xoʻjalik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq taʼminlash, ularning bozorlardagi narxlarini muvofiqlashtirish maqsadida, savdo-xarid korxonalari orqali viloyatlardagi dehqon va fermyerlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma asosida arzon va sifatli qishloq xoʻjalik mahsulotlarini kunma-kun olib kelib sotilishi tashkil etilsin;
5.2. Toshkent viloyatining dehqon-fermer hoʻjaliklari va agrofirmalariga qulayliklar yaratish va shaharga arzon qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetib kelishini tashkil etish uchun har bir dehqon bozori hududidan 20 tadan 40 tagacha toʻliq jihozlangan joylar ajratilsin.
6. Tuman hokimlari:
6.1. Har bir yirik sanoat korxonalari oʻz ishchi xodimlari uchun zarur mahsulotlar yaratish, saqlash va sotish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar.
6.2. Gʻamlanadigan mahsulotlarni sifatli saqlash boʻyicha mavjud muzlatgich, ombor, baza va boshqa binolar toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazilsin. Bunda “Oʻzulgurjisavdoinvest” uyushmasi tizimi va yirik sanoat korxonalarida mavjud ombor va muzlatgichlardan toʻliq foydalanish choralarini koʻrish taʼminlansin.
7. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Turkiston” davlat unitar xoʻjaligi negizida tashkil etilgan fermyerlar bilan yetishtirilgan mahsulotlarni shahar dehqon bozorlariga chiqarilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
8. “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari:
Joriy yilning 25-noyabriga qadar 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, guruch) Markaziy meva-sabzavot (POK-5) omboriga toʻliq joylashtirilishi taʼminlansin;
Tuman hokimliklari tomonidan gʻamlash uchun keltirilgan asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini “Toshkent matlubot savdo” MChJ kirim hujjatlari asosida qabul qilib olinishi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida tuman hokimlariga chiqim hujjatlari asosida chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari F.T. Ziyayev va Axborot-tahlil guruhi rahbari B.R. Gaibnazarov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-avgust,
517-son
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida sifatli va arzon narxlardagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish, 2010-2011-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini gʻamlash (zakladka) masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi
tarkibi
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga yangidan tayinlangan shaxslar guruh tarkibiga kiritiladilar.
Shahar hokimining 2010-yil 19-avgustdagi 517-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent 2010-2011-yil kuz-qish mavsumiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish
TOPShIRIGʻI
