Viloyat hududida qoʻllanadigan ijara haqining yagona stavkalari toʻgʻrisida (12-son)
12.01.2009
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni, Fuqarolik kodeksi talablari asosida, shuningdek keyingi vaqtda viloyatdagi bino-inshootlarga boʻlgan ehtiyojning va narx-navoning oshishini inobatga olgan holda, viloyatdagi boʻsh turgan bino va inshootlarni tartibga solish, kutilayotgan xarajatlar bilan korxona va tashkilotlarning ijara haqidan tushadigan daromadlarni tartibga solish, ulardan oqilona foydalanish maqsadida, qaror qilaman:
1. Viloyatda ijara haqining yagona eng kam miqdordagi stavkalari 1-ilovaga, korxona va tashkilotlarga nisbatan qoʻllaniladigan imtiyozli ijara haqi stavkalari 2-ilovaga hamda hududiy zonalar roʻyxatga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Viloyat hududida qoʻllaniladigan yagona eng kam miqdordagi ijara haqi stavkalari 2009-yil 1-yanvaridan kuchga kiritilsin.
3. Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi qoshidagi “MULK-XISOB-IJARA” Davlat unitar korxonasi (L. Toʻrayev) viloyatda hozirgi kunda ishlatilmay boʻsh turgan bino va inshootlarni, asbob-uskunalarni aniqlab, tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berish, viloyatda qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini yaratish maqsadida har oyda qilingan ishlar yuzasidan viloyat hokimligiga hisobot berib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, ijara haqidan toʻlovlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi boʻyicha bino egalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1938-son Farmoniga asosan shaxsan masʼuldir.
5. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan viloyat hokimining 2008-yil 1-fevraldagi 32-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari O. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 12-yanvar,
12-son
Viloyat hokimining 2009-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent viloyatidagi qoʻllaniladigan imtiyozli ijara haqining YaGONA ENG KAM MIQDORDAGI STAVKALARI
Viloyat hokimining 2009-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tashkilot, muassasa va korxonalarga qoʻllaniladigan imtiyozli ijara haqi stavkalari
Viloyat hokimining 2009-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga 3-ILOVA
Hududiy zonalar
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
Maʼmuriy binoning holati va qurilish turiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
1-Hududiy zonalar koeffitsiyenti (Zk):
Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruhlardagi shahar, tumanlarda 1.2 dan 2.5 gacha, toʻrtinchi guruhda 1.2 dan 1.5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlar mavjud (viloyat hududi zonalari roʻyxati ilova qilinadi).
1. Binoning qurilishiga koʻra turi (Kk)
alohida turgan bino — 1,5
binoga taqab qurilgan — 1,0
binoning ustki qismi, cherdak, mansarda — 0,7
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0,5
2. Yondosh hududidan foydallanish koyeffitsiyenti (Kx)
er maydoni mavjud boʻlganda — 0,7
3. Tijorat yoʻlida foydalanishda qulayligi (Kt)
asosiy qatnov yoʻllarida joylashgani — 0,5
ikkinchi darajali transport qatnovi yoʻllariga chiqish joyi — 0.4
Binoning holati va qurilish turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar qoʻshiladi.
Ijara haqini hisoblashda ijara haqining tayanch stavkasi quyidagicha aniqlanadi:
Ts = Bs x Zk x (Kk + Kx +Kt)
bunda:
Ts - bir yilga 1 kv.m. uchun ijara haqining tayanch stavkasi;
Bs - 1-ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga 1kv.m uchun eng kam stavkasi.
* Izoh:
1. Boshqa Davlat mulkining turlari boʻyicha, Davlat budjet tashkilotlar tomonidan beriladigan, ijara haqi quyidagicha aniqlanadi:
a) 1995-yilgacha asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan mulk balans qiymatidan ijara xaqining eng kamida 30% miqdorida belgilanadi.
b) Toshkent viloyati shahar va tuman hokimlarining struktura boʻlinmalari hisoblangan ijarachilarga, mahalla qoʻmitalari, Davlat budjetidan toʻla taʼminlanadigan tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, ularning qoshida ochilgan xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarga oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilmaydi:
v) Koʻrsatilgan ijara haqi stavkalariga qoʻshilgan qiymat soligʻi va yer soligʻi kiritilmagan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunlariga asosan maʼlum darajadagi ijarachilar tomonidan toʻlanadi:
g) Uy-joy muhandislik-kommunal qurilmalarini qayta tiklash zarur boʻlgan yertoʻla, bino va inshootlarni taʼmirlash, qayta tiklash, uy-joy rejasini qayta bajarish ishlari ijarachi hisobidan bajarilgan taqdirda, bajarilgan ishlar uchun ajratilgan mablagʻ miqdoriga qarab, 4 (toʻrt) martagacha kamaytirish koeffitsiyenti qoʻllanishi mumkin:
d) Markazlashtirilgan tartibda (narx-navoning oʻzgarishini hisobga olgan holda) ijara haqi va kommunal toʻlovlariga indeksatsiya koeffitsiyentlari joriy qilingan paytda ijarachiga ijaraga beruvchi (Binoning tasarruf egasi) tomonidan yozma ravishda xabar qiladi. "MULK-XISOB-IJARA" Davlat unitar korxonasining tomonidan ijara haqiga oʻzgartirishlar kiritiladi va ijarachi shartnomada koʻrsatilgan muddatlarga asosan kerakli toʻlovlarni bajaradi.
