Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (913-4-son)
06.03.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 913-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., № 9, 212-modda), “Raqobat toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 2-son bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan asosiy vositalarni sotib olish yoki berish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 913, 2000-yil 27-mart (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 6-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v. b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
4-son
