Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida (659-son)
22.12.2009
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Koʻp qavatli uylarda oʻrnatilgan tashqi reklama vositalari va peshlavhalaridan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga tushayotgan mablagʻlarni uy-joy fondiga maqsadli sarflanishini taʼminlash, uning nazoratini kuchaytirish maqsadida, kapital qurilishi, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik hamda Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari majmualarining murojaatlarini inobatga olib qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2007-yil 26-dekabrdagi 1148-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish” tartibining 3.1.4 bandidagi “Obodonlashtirish bosh boshqarmasi” soʻzidan keyin “Koʻp qavatli uy-joylar uchun — Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uyushmasi” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Toshkent shahridagi koʻp kavatdi uy-joylarning tom va devorlariga reklama agentliklari tomonidan oʻrnatilgan va yangi oʻrnatilishi moʻljallangan tashqi reklama vositalari, ularning ahvoli va sifatini oʻrganish, oʻrnatilishi moʻljallangan joyni aniq belgilab berilishini taʼminlash, shu jumladan, shahar hokimligining reklama-axborot faoliyati vositasi texnik talablariga mosligini va belgilangan joylarga oʻrnatilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi xulosani berish, Toshkent shahar Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati uyushmasi (A. X. Nabiyev) tomonidan mutaxassis vakillarni jalb qilgan holda amalga oshirilsin.
3. Reklama beruvchilar tomonidan koʻp qavatli uy-joylarning tom va devorlariga reklama vositalari oʻrnatilgan joylar ijarasi uchun tavsiyaviy tariflar ilovaga asosan tasdiqlansin va ularning toʻlovi Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uyushmasi hisob raqamiga 100 foiz oʻtkazilsin.
4. Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkati uyushmasi (A.X. Nabiyev):
4.1. Tavsiyaviy tariflar asosida kelib tushgan pul mablagʻlarining:
85 foizi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish uchun ularning hisob raqamlariga;
15 foizi uyushma tomonidan shirkatlarning faoliyatini rivojlantirish, oʻquv seminarlarini tashkillashtirish maksadlariga yoʻnaltirilsin.
4.2. Shirkatlarning moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarining maksadli sarflanishi doimiy nazoratga olinsin.
5. Ushbu qaror xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar xokimining birinchi oʻrinbosari R.J. Usmonov va Toshkent shahar xokiminiig oʻrinbosari F.T. Ziyayev zimmalariga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 22-dekabr,
659-son
Shahar hokimining 2009-yil 22-dekabrdagi 659-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarga reklama vositalari oʻrnatilgan joylar ijarasi uchun oʻtkaziladigan pul mablagʻlarining tavsiya etilgan
tariflari
* Izox:
reklama tarqatuvchi reklama vositalarini oʻrnatish va foydalanish davrida texnika xavfsizligiga rioya etishga majbur;
reklama tarqatuvchi reklama vositalarini oʻrnatilgan koʻp qavatli uylarning fasad va tom qismini texnik soz ahvolda tutishi, yetkazilgan zararni oʻz hisobidan qoplashi lozim.
