2009-2011-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda mahalliy nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (185-son)
29.08.2009
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qarorini bajarish yuzasidan hamda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hisobiga nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va shu asosida aholi bandligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi “2009 — 2011-yillarda toʻqimachilik sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda mahalliy nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 236-son qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar bilan birgalikda ishlab chiqilgan:
2009 — 2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari 1,1a va 1b-ilovalariga muvofiq;
2009 — 2011-yillar davrida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi asosiy korxonalar boʻyicha modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatidan jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq maʼqullanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Shahar va tuman hokimliklari ikki hafta muddatda 1, 1a, 1b va 2-ilovalarda koʻrsatilgan maqsadli parametrlar asosida mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishning hududiy dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda xoʻjalik boshqaruvi organlari shahar va tuman hokimliklari, shuningdek nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishi oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlasinlar:
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda xoʻjalik boshqaruvi organlari shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 2-ilovaga kiritilgan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish jadvalini tasdiqlash uchun kiritilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Yuqoridagi qaror bilan belgilanganki, ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash loyihalari, shu jumladan tayyor toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish sohasida yangidan tashabbus koʻrsatiladigan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan xorijiy investor oʻrtasida belgilangan tartibda tuziladigan investitsiya shartnomasi asosida amalga oshiriladi;
investitsiya shartnomasida qonun hujjatlarida belgilangan shartlardan tashqari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati koʻrsatiladi, shuningdek xorijiy investorning quyidagi qoʻshimcha majburiyatlari nazarda tutiladi:
chetdan keltiriladigan asbob-uskunalarni loyihaning texnik iqtisodiy asoslanishida belgilangan muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda foydalanishga topshirish;
asbob-uskunalar foydalanishga topshirilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida ishlab chiqarishning loyihadagi quvvatiga chiqish;
tikuv-trikotaj va toʻqimachilik ishlab chiqarishlarning ishlab chiqarish quvvatini besh yil mobaynida kamida 70 foiz, kalava ishlab chiqarish quvvatini kamida 85 foiz darajasida saqlash;
ishlab chiqariladigan mahsulotning 70 foizini eksportga sotish;
yangi ish oʻrinlari tashkil etish.
Xorijiy investor va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investitsiya shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan uni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarorini qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
tuzilgan investitsiya shartnomasi shartlari xorijiy investor tomonidan bajarilmagan taqdirda imtiyozlar berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar toʻliq hajmda davlat budjetiga undirilishi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi investitsiya shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yengil sanoat korxonalari qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo ekspert kengashining “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzyengilsanloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyatning asbob-uskunalarning sifatli, raqobatbardosh va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni taʼminlaydigan texnik parametrlari toʻgʻrisidagi tegishli xulosalari asosida qabul qilingan ijobiy qarorini hisobga olgan holda belgilangan tartibda tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi yengil sanoat korxonalari qurish, ularni qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishga doir takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha Idoralararo ekspert kengashi Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq 2009 — 2011-yillar davrida toʻqimachilik korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyxatiga yangi loyihalarni maʼqullangan roʻyxatdan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050 son qaroriga muvofiq,ularga nisbatan bojxona bojlaridan ozod qilish boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi joriy etiladigan (bojxona rasmiylashtiruvi bitimlari bundan mustasno) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishini ixtisoslashtirilayotgan korxonalar tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar roʻyxati 3- ilovaga* muvofiq tasdiqlanganligi;
*3-ilova berilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tayyor isteʼmol mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirishga oid qushimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 23-iyundagi PF-3267-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining korxonalari tomonidan import qilinadigan tovarlar boʻyicha aksiz soligʻi toʻlashga ham tatbiq etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari S. Ilxamov va viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmalariga yuklansin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-avgust,
185-son
Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 185-sonli qaroriga 1-ILOVA
2009 — 2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmoli tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari
Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 185-sonli qaroriga 1a-ILOVA
2009 — 2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmoli tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari
Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 185-sonli qaroriga 1b-ILOVA
2009—2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmoli tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari
Toshkent viloyati hokimining 2009-yil 29-avgustdagi 185-sonli qaroriga 2-ILOVA
2009 — 2011-yillar davrida respublika mintaqalari va “Oʻzbekyengilsanoat” DAK korxonalari boʻyicha nooziq-ovqat isteʼmoli tovarlarining asosiy turlarini ishlab chiqarishning maqsadli parametrlari
