Toshkent shahri axolisiga 2009/2010-yil qish-bahor mavsumida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish zaxirasini va sotishni tashkil etish toʻgʻrisida (456-son)
04.09.2009
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahri aholisiga qish-bahor mavsumida yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini sunʼiy ravishda oshishini oldini olish, shuningdek Toshkent shahar hokimining 2009-yil 24-iyuldagi 372-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 03-32-38-sonli topshiriqlari bilan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Toshkent shahri aholisiga 2009/2010-yil qish-bahor mavsumi uchun zaxira fondlariga qoʻyiladigan: asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga chegaraviy narxlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti (R. Abdumajitov) “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (R. Inogomov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev), tuman hokimlari: belgilangan narxlar oshib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini axoliga yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
3. Toshkent shahar hokimining 2009-yil 24-iyuldagi 372-sonli qarori bilan belgilangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish topshirigʻi bajarilishi taʼminlansin (2-ilova).
4. Toshkent shahar Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmasi (N. Xolmurodov), zaxiraga qoʻyilgan meva-sabzavot mahsulotlarini sotish uchun masʼul boʻlgan savdo tashkilotlari tomonidan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga qatiy rioya qilinishi ustidan, qonunni buzuvchilarga nisbatan monopoliyaga qarshi qatʼiy choralarni qoʻllagan holda, taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
5. “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (R. Inogʻomov), “Toshkent matlubot savdo” MChJ (O. Toychiboyev): har 10 kunlikda asosiy turdaga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini aholiga sotilishi chakanaviy narxlari toʻgʻrisida Toshkent shahar hokimligining Axborot-tahlil guruhiga maʼlumot taqdim etib borsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimligining Ahborot-tahlil guruhi rahbari B. R. Gaibdazarov va Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish departamenti boshligʻi R. A. Abdumajitov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-sentabr,
456-son
Shahar hokimining 2009-yil 4-sentabrdagi 456-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahridagi 2009-2010-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 1 birlikdagi (kg) hajmi uchun chegaraviy chakana narxiga qoʻyiladigan
ustama
* Ushbu chakana narx ustamasi ichida maxsulotlarni olib kelishdagi va sotishdagi barcha xarajatlar kiradi.
Shahar hokimining 2009-yil 4-sentabrdagi 456-sonli qaroriga 2-ILOVA
Toshkent shahrida 2009/2010 kuz-qish mavsumiga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish TOPShIRIGʻI
