Toshkent shahri boʻyicha 2009-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida (181/3-20-son)
19.06.2009
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
QarorI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri boʻyicha 2009-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat koʻrsatash sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish dedartamenti va tuman hokimliklariga 2009-yil mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarini soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazilishi va amaliyotda qoʻllanishini taʼminlash topshirilsin.
3. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2007-yil 28-dekabrdagi “Toshkent shahri boʻyicha 2008-yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari toʻgʻrisida”gi 135/345 sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-iyun,
181/3-20-son
Xalq deputatlari shahar Kengashining 2009-yil 19-iyundagi 181/3-20-sonli qaroriga ILOVA
2009-yil uchun Toshkent shahri boʻyicha mahalliy soliqlar va yigʻimlar
stavkalari
*) Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Reyepublikasining butun xududida yagona hisoblanadi. Soliq stavkasining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
**) Yigʻimning 10 foizi Toshkent shahar hokimligi Savdo, xizmat koʻrsatish va xalq isgeʼmol mollari ishlab chpqarish departamenti hisob raqamiga oʻtkaziladi va ushbu mablagʻning ishlatilishi Oʻzbekiston Republikasi Adliya vazirligida 2002-yil 29-aprelda 1132-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002-yil 4-martdagi 42-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
***) Spirtli ichimliklar bilan savdo qilish xuquqi uchun litseiziya yigʻimi miqdori Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2003-yil 20-iyundagi 171/12-2 sonli qarorida tasdiqlangan differensial stavka asosida undiriladi.
****) Toshkent shahar hokimligi qaroriga binoan yigʻimning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yigʻimni undirishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
