Haj mavsumida yangn A(N1 N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida (177-son)
24.08.2009
Toshkent viloyati hokimining
Qarori
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tarqatayotgan maʼlumotlarga koʻra, yangi A(N1N1) grippi Shimoliy va Janubiy Amerika, Evropa, Avstraliya hamda Osiyodagi 150 dan ortiq mamlakatlarda qayd etilgan. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar soni qariyb 200 ming nafarga yaqinlashib, ular orasida oʻlim holatlari qayd etilmoqda.
Yangi gripp boʻyicha vujudga kelgan vaziyat Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya, deb eʼlon qilindi.
Jahonda epidemik vaziyatning murakkablashganligi, yangi A(N1N1) grippining chetdan viloyat xududiga kirib kelishi xavfi mavjudligini, xususan, Saudiya Arabistonida 595 nafar kishida mazkur virus aniqlanganligini inobatga olgan holda viloyat aholisi, Haj mavsumiga ziyoratchilar sogʻligʻini muhofaza qilish hamda mazkur kasallik tarqalishining oldini olish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-avgust “Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Haj mavsumini yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya tarkibi 1-ilovaga, tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shahar va tuman hokimlari raisligida, tegishli boshqarma va korxonalarning boʻlinmalari rahbarlaridan iborat hududiy komissiyalar tuzilishi belgilab qoʻyilsin.
2. Komissiyaga:
tegishli boshqarma va tashkilotlar bilan birgaliqda turli yuqumli kasalliklar, xususan yangi A(N1N1) grippining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Haj mavsumida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda ularning oʻz vaqtida, toʻlaqonli bajarilishini taʼminlash;
haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash vazifasi topshirilsin.
3. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (A. Axmedov)ga:
ziyoratchilarni safarga ketishdan oldin, Haj mavsumida va viloyatga kelgan vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tibbiy xizmat koʻrsatish, turli yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A(N1N1) grippi kasalligiga qarshi zarur profilaktik choralarni koʻrish;
Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tegishli targʻibot-tashviqot materiallarini tayyorlash va mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yuqori saviyada tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston musulmonlar idorasining ziyoratchilar uchun zarur boʻlgan yangi A(N1N1) grippining oldini oluvchi dori-darmonlar, dezinfeksiyalovchi va profilaktik vositalarni xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarning idora tomonidan qoplanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Viloyat Imom xatibi (Q. Tursunov), shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda Haj mavsumida guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda yangi A(N1N1) grippi virusidan saqlanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsinlar.
6. “Toshkent xaqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari muharririyati (U. Abdushoxidov)ga yuqumli kasalliklar, jumladan yangi A(N1N1) grippining chetdan kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish boʻyicha viloyat roʻznomalarida chop etilishi tavsiya etilsin.
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari S. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-avgust,
177-son
Viloyat hokimining 2009-yil 24-avgustdagi 177-sonli qaroriga 1-ILOVA
Haj mavsumini yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha komissiya
tarkibi
Viloyat hokimining 2009-yil 24-avgustdagi 177-sonli qaroriga 2-ILOVA
Haj mavsumida yangi A(N1N1) grippining viloyat hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari
REJASI
