Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (2272-1-son)
02.03.2012
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2272-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-dekabrdagi 346-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 52-son, 563-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 30-sentabrdagi 222-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2272, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 432-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 271-band bilan toʻldirilsin:
“271. FHDY boʻlimi yoki Nikoh uyida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud boʻlganda ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi”.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari K. Togʻayev zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-mart,
51-mh-son
