Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida (463-I-son)
29.08.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich roʻyobga chiqarish yuzasidan kompleks tadbirlar rejasini ishlab chiqib amalga oshirsin. Davlat budjetini tasdiqlashda milliy dasturning moliyaviy va moddiy taʼminotiga alohida eʼtibor berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
463-I-son
