Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (49-son)
24.02.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-fevral,
49-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 24-fevraldagi 49-son qaroriga ILOVA
Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbek tilidagi matnning 2-bandidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” va “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari va “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
2. 4-bandda:
a) oʻzbek tilidagi matnning birinchi xatboshidagi “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning xodimlariga va ularning oila aʼzolariga qarashli boʻlgan avtomototransport vositalari va ularga tirkamalar ushbu Nizomga muvofiq umumiy asoslarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi”.
3. Oʻzbek tilidagi matnning 5-bandi oltinchi xatboshidagi, 8, 10, 14-bandlardagi, 16 va 18-bandlarning ikkinchi xatboshidagi, 21, 27, 29-bandlardagi “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari “DYHXX” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbek tilidagi matnning 6-bandi oltinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 19-banddagi “YHX bosh boshqarmasining” soʻzlari “DYHXXning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 15-bandda:
a) oʻzbek tilidagi matnning toʻrtinchi va oltinchi xatboshilardagi “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari “DYHXXning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matnning beshinchi xatboshidagi “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
6. 22-bandda:
a) oʻzbek tilidagi matnning birinchi xatboshidagi “YHX bosh boshqarmasining” soʻzlari “DYHXXning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi davlat standartlariga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasi”.
7. 28-bandda:
a) oʻzbek tilidagi matnning uchinchi xatboshidagi “YHX bosh boshqarmasining” soʻzlari “DYHXXning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matnning toʻrtinchi xatboshidagi “YHX bosh boshqarmasi” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
8. 30-bandda:
a) quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalariga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasi”;
b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. Oʻzbek tilidagi matnning 31-bandidagi, 38-bandning birinchi xatboshidagi, 43 va 45-bandlaridagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbek tilidagi matnning 33 va 46-bandlaridagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
11. 34-bandidagi “davlat raqami” soʻzlari “davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. 35-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarini texnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi ham tekshiriladi”.
13. 37-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalariga tegishli dalolatnoma tuziladi (3, 4 yoki 4a-ilovalar)”;
b) oʻzbek tilidagi matnning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
14. 44-bandda:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Texnik koʻrikdan oʻtkazishda DYHXX organlari tomonidan texnik jihatdan nosoz deb topilgan transport vositasining, shuningdek texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgilari kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi”;
b) ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) oʻzbek tilidagi matnning toʻrtinchi xatboshidagi “koʻp boʻlmagan” soʻzlari “ortiq boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Nizomga 1-ilovada:
a) “Berilgan vaqti 200__ yil “__”_________” soʻzlari “Berilgan vaqti 20___ yil “__”_________” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matnda:
ilovaning nomidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
16. Nizomga 2-ilovada:
a) “davlat raqami” soʻzlari “davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matnda:
izohdagi “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
“200__y” soʻzi “20__y” soʻzi bilan almashtirilsin.
17. Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
18. Nizomga 4-ilovada:
a) “Tuzilgan sanasi: 200__ yil “__”_________” soʻzlari “Tuzilgan sanasi: 20___ yil “__”_________” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “davlat raqami” soʻzlari “davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) oʻzbek tilidagi matnda “Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati” soʻzlari “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
19. Nizomga quyidagi mazmundagi 4a-ilova qoʻshilsin:
“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 4a-ILOVA
20. Nizomga 5-ilovada:
a) “Davlat raqami belgisi” soʻzlari “Davlat roʻyxatdan oʻtkazish raqami belgisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matndagi “YHXDX” qisqartmasi tegishli ravishda “DYHXX” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
