Qishloq xoʻjaligi sohasini iqtisodiy ragʻbatlantirish va erkinlik berish toʻgʻrisida (PF-937-son)
22.08.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining mahsulot yetishtirishini yanada koʻpaytirishda, uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish, qishloqda ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida:
1. Paxta tolasi va gʻalladan boʻlak qishloq xoʻjalik mahsulotlariga davlat tomonidan belgilangan buyurtma (davlat buyurtmalari) bekor qilinsin.
Qoramol va sutning erkin xarid narxlariga oʻtishi amalga oshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda 1994-yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻib-terib olish tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-avgust,
PF-937-son
