“Oʼrikzor ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “sergeli ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida (75/4-13-son)
10.06.2011
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 23-martdagi ET/15-02-32-21/79-sonli hamda 2011-yil 19-martdagi 26/1-4070-sonli bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari sh koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlari tasdiqlanganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. 2011-yil 11-iyundan boshlab:
“Oʼrikzor ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
“Sergeli ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.Abdumajitov), Toshkent shahar Davlat Soliq boshqarmasi (Sh.Raximov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (U.Musurmonov), Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U.Baxodirov), “Oʼrikzor ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (Sh.Inoyatov), “Sergeli ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati (N.Temirov). Joylarda koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqining yangi miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tashkiliy tadbirlar oʻtkazilishi taʼminlansin.
3. Quyidagilar:
3.1. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2010-yil 29-dekabrdagi “Toshkent shahar hokimining 2010-yil 28-avgustdagi “Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi 539-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3.2.Toshkent shahar hokimining 2011-yil 23-fevraldagi 109-sonli qarori 1-ilovasining “VIII. Avtotransport vositalarini sotish” boʻlimidagi “Engil avtomashinalar va mikroavtobuslar” qismi va 15400 soʻm” toʻlov miqdori, shuningdek 4-ilovasining 8-bandidagi “-” Sergeli ixtisoslashgan bozorida” 8000 soʻm”; “Oʻrikzor ixtisoslashgan bozori”da 10000 soʻm” toʻlov miqdorlari chiqarib tashlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi raisi F. ABDURAHIMOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 10-iyun,
75/4-13-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2011-yil 10-iyundagi 75/4-13-sonli karoriga 1-ILOVA
“Oʼrikzor ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi
miqdorlari
*Izoh: Boshqa turdagilar uchun: omborxonalar, “Paynet” xizmati, roʻznomalar sotish shoxobchalari, ofis, makulatura qabul qilish joylari, dorixona, aloqa xizmati shoxobchalari, ochiq yer maydoni nuktalari, avval foydalanishda boʻlgan qurilish mahsulotlari sotish nuqtalari, naves ostida savdo qilish nuqtalari, kassa apparatlarini ishlatish xonalari va hokazolar kiradi.
Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish Departamenti boshligʻi R.ABDUMAJITOV
Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi M.MIRMAHMUDOV
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.XOLMURODOV
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Sh.RAHIMOV
“Oʻrikzor ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Sh.INOYaTOV
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2011-yil 10-iyundagi 75/4-1Z-sonli qaroriga 2-ILOVA
“Sergeli ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan toʻlovlar hamda ijara haqi
miqdorlari
Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish Departamenti boshligʻi R. ABDUMAJITOV
Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi M. MIRMAHMUDOV
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. XOLMURODOV
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Sh. RAHIMOV
“Sergeli ixtisoslashgan bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari N. TEMIROV
