Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2011-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida (26-son)
11.01.2011
Toshkent shahar hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya va Iqtisod vazirliklari bilan kelishilgan 2010-yil 24-dekabrdagi 01/16-18/14, 2-1-7/7-1403 va SB/08-01-32-14/606-sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “davlat mulkini ijaraga berish toʻgʻrisida” gi 102-sonli qarorining 3-bandi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 24-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2011-yilning 1-yanvaridan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi 2-ilovaga, ijara haqini hisoblash davlat obyektlariga qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (A.A. Akromov): Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
2.1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi 2011-yil asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1449-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 3-1 bandiga muvofiq:
Budjet tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar shartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan Davlat mulki hisoblangan bino va inshootlarda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar doirasida faoliyatini amalga oshirayotgan guruhlar uchun ijara haqi, qonunchilikda koʻrsatilgan holatlardan tashqari, “nol” stavkasi boʻyicha belgilanadi”.
3. Belgilab qoʻyilgan, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Z.J. Usmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. TOʻXTAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-yanvar,
26-son
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2011-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 02/12-57-sonli topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Bazirligi savdo boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga yopiq harbiy shaharchalar va uzoq manzillarda joylashgan garnizonlarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
**Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori quyidagi mazmundagi 3-1 bandi bilan toʻldirilgan:
Budjet tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar shartlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga asosan Davlat mulki hisoblangan bino va inshootlarda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalar doirasida faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirayotgan guruhlar uchun ijara haqi, qonunchilikda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, nol stavkasi boʻyicha belgilanadi.
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara haqini hisoblash
tartibi
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti — Kz. (Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-yanvardagi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan)
2. Binoning joylashuvi va qurilish turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
2.1 Binoning qurilish turi boʻyicha (Kq):
alohida turgan bino — 1.0
binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan — 0,8
yarim yertoʻla, yertoʻla — 0.6
cherdak, bolxona — 0.5
2.2. Tutashgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
yer maydoni mavjud boʻlganda — 0.3
2.3. Tijorat maqsadida foydalanishda qulayligi (Kt):
metpo stansiyasidan 200 metr radius atrofida — 0.7
asosiy qatnov koʻchalarida joylashgani — 0.6 (3-ilovaga muvofiq)
ikkinchi darajali qatnov koʻchalarida joylashgan — 0.5
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqishi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es x Kz x (Kq + Kh + Ko)
bunda: Ts — bir yilga 1 kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es — 1-ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga l kv.m uchun eng kam stavka.
Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidagi obyektlar boʻyicha Departament va ijarachi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarda, maʼmuriy binolar fondini taʼmirlash uchun, ijara toʻlovidan qoʻshimcha 30 foiz miqdorida toʻlovlar kiritiladi.
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 11-yanvardagi 26-sonli qaroriga 3-ILOVA
Toshkent shahridagi markaziy koʻchalar
roʻyxati
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori A.A. AKRAMOV
