Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning eng kam miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (76/4-13-son)
10.06.2011
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1326-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 23-martdagi ET/15-02-32-21/79-sonli hamda 2011-yil 19-martdagi 26/1-4070-sonli bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlari tasdiqlanganligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning eng kam miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti (R.Abdumajitov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Toshkent shahar boʻlimi (U.Musurmonov), Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi (U.Baxodirov), “Toshbozortayyorlovsavdo” uyushmasi (E.Inogamov) bozorlar va savdo komplekslari maʼmuriyati bilan birgalikda bozorlar va savdo komplekslarida bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning eng kam miqdorlarini joriy etish boʻyicha belgilangan tartibda zarur tadbirlar oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi raisi F. ABDURAHIMOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 10-iyun,
76/4-13-son
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2011-yil 10-iyundagi 76/4-13-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari hududidagi bino, inshoot va yer maydonlaridan undiriladigan toʻlovlarning eng kam miqdorlari (minimal stavkalari) (1 kv.m. uchun bir oyga ming soʻm hisobida)
Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish Departamenti boshligʻi A.Abdumajitov
Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi M.Mirmahmudov
