Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirish toʻgʻrisida (PF-744-son)
18.01.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq va nazorat organlari faoliyatini tartibga solish, yagona davlat soliq siyosatini oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tashkil etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tugatilib, xodimlarining 50 foizi Davlat soliq qoʻmitasiga berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi respublika hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiqashtirsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 10-avgustdagi Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-yanvar,
PF-744-son
