Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Xoʻjalik sudi hammaga maʼlum deb eʼtirof etgan holatlar isbotlanishga muhtoj emas.
Bir xoʻjalik nizosini hal etish chogʻida xoʻjalik sudining qarori bilan aniqlangan dalillar xuddi shu tomonlar ishtirok etayotgan boshqa nizolarni hal etishda qaytadan isbot qilinmaydi.
Sudning jinoiy ish yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hukm muayyan xatti-harakatlar sodir etilgan-etilmaganligi va ular kim tomonidan sodir etilganligiga oid masalalar boʻyicha nizoni hal etayotgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Sudning fuqarolik ishi yuzasidan qonuniy kuchga kirgan qarori sud tomonidan aniqlangan va ish uchun ahamiyatli boʻlgan faktlarga oid masalalar boʻyicha nizoni hal etayotgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-195760
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 33-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-195758/33 (lex.uz/docs/-195760)