Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Ijro uchun buyruq taqdim etilgan organ pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining qarorini ijro etmaganligi uchun xoʻjalik sudi tomonining arizasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra unga undiriladigan mablagʻning 50 foizigacha miqdorida jarima soladi. Jarima respublika budjeti foydasiga undiriladi.
Jarima solinganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Jarima solingan organ ajrimning qonuniy va asosliligini tekshirish xususida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
Hal qiluv qarorini ijro etishi shart boʻlgan mansabdor shaxs xoʻjalik sudining qarorini ijro etmaganligi uchun qonunda umumiy sud qarorini ijro qilmaganlik uchun belgilangan tarzda javobgar boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-195760
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 112-modda. Qarorni ijro etmaganlik uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-195758/112 (lex.uz/docs/-195760)