Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Xoʻjalik sudining qarori xoʻjalik sudi beradigan buyruqqa asosan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ijro etiladi. Buyruq ijro hujjati hisoblanadi va qaror bilan birgalikda yuboriladi.
Pul mablagʻlarini undirishga oid buyruq uni undiruvchi shaxsga topshiriladi yoki buyurtma yoxud qimmatli xat bilan unga yuboriladi. Mablagʻlar budjet foydasiga undirilayotganida buyruq soliq organiga yuboriladi hamda belgilangan tartibda bank muassasasi orqali ijro etiladi. Qolgan buyruqlar sud ijrochilari tomonidan bajariladi.
Birinchi galdagi va qarshi daʼvolar toʻla yoki qisman qondirilgan taqdirda undirish xususidagi buyruqlar har bir daʼvo boʻyicha alohida beriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-195760
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 109-modda. Xoʻjalik sudining buyrugʻi va uning ijro etish uchun yuborilishi Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-195758/109 (lex.uz/docs/-195760)