Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 02.09.1993 · Amalda
Yangitdan ochilgan holatlarga koʻra qarorni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi ariza qarorning qayta koʻrib chiqilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan holatlar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
Arizachi boshqa tomonga arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxasini yuborishi shart.
Arizaga boshqa tomonga arizaning nusxasi yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza belgilangan muddat tugaganidan soʻng berilgan taqdirda yoki arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxasi boshqa tomonga yuborilganligining dalil-isbotlari taqdim etilmagan taqdirda u koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi hamda arizachiga qaytariladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-195760
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 107-modda. Ariza berish tartibi va muddati Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-195758/107 (lex.uz/docs/-195760)