Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarori) (30-son)
03.02.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 21-noyabrdagi PQ-1645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 3-fevral,
30-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi Nizom 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim” soʻzidan keyin “va tibbiyot” soʻzlari qoʻshilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “2011 — 2013-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi 267-son qaroriga ilovaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunining 1, 8, 10, 14, 16, 18, 19-bandlariga va izohga “Taʼlim” soʻzidan keyin “va tibbiyot” soʻzlari qoʻshilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda “Sogʻliqni saqlash. “Reproduktiv salomatlik/Onalik va bolalikni muhofaza qilish”ning tarkibiy qismi” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-iyuldagi 219-son qarorining 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “Taʼlim” soʻzidan keyin “va tibbiyot” soʻzlari qoʻshilsin.
