Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son qonuni) (26-son)
01.02.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2011-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-292-son Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 1-fevral,
26-son
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
36. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, faoliyatning ushbu turlarini amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqlidirlar”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 12-bandning birinchi xatboshidagi “miqdorda” soʻzi “eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 18-bandning birinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qoʻshilsin:
“Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak”;
v) 20-bandning birinchi xatboshidagi “bir hafta” soʻzlari “bir oy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
