5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash hamda chaqirib olish tartibi toʻgʻrisida (649-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonasi boshligʻi quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan chaqirib olinadi:
a) diplomatiya vakolatxonasi boshligʻi almashtirilganda;
b) diplomatiya vakolatxonasi boshligʻi nomaqbul shaxs (persona non grata) deb eʼlon qilinganda;
v) davlatlar oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari uzilganda;
g) davlatlar oʻrtasida urush holati eʼlon qilinganda;
d) davlat xalqaro huquq subyekti sifatida yoʻqolganida.
