Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (1557-1-son)
30.01.2012
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 30-yanvarda 1557-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 16-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-son “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 19-son, 220-modda) muvofiq buyuraman:
1. Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1557, 2006-yil 3-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 14-son, 119-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor H. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
18-son
