Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1952-2-son)
26.01.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1952-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 6-maydagi 5-3-6/28, 53, EG-01/10-2053 va 01-02/8-9-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 20-apreldagi 7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1952, 2009-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 19-20-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar roʻyxatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
16-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
2-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
RG-v-01/23-8270-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
01-02/8-27-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 13-yanvar,
01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012-yil 13-yanvardagi 16, 2, RG-v-01/23-8270, 01-02/8-27, 01-sonli qaroriga ILOVA
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xomashyolar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 60-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2. 158-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 539 va 540-pozitsiyalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Quyidagi mazmundagi 614 — 1028-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
5. Izohga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“in bulk” — qadoqlash, oxirgi joylash va yorliqlash bosqichlaridan tashqari barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan oʻtgan tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan farmatsevtik mahsulotdir”.
6. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar “Oʻzfarmsanoat” DAK bilan kelishilgan.
“Oʻzfarmsanoat” DAK Boshqaruvi raisi M. DUSMURATOV
2012-yil 13-yanvar
