Korxonalarning sanatsiyasi jarayonini monitoring qilish tartibiga oʻzgartishlar kiritish haqida (485-1-son)
25.01.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 25-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 485-1]
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 2-martdagi PQ–1293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 67-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Sudgacha sanatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 42-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 18-avgustda 26-son bilan tasdiqlangan Korxonalarning sanatsiyasi jarayonini monitoring qilish tartibiga (roʻyxat raqami 485, 1998-yil 28-avgust) ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-yanvar,
1-son
