Donni saqlash va qayta ishlash boʻyicha korxonaning portlash xavfsizligi texnik pasportini tuzish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida (139-son)
13.09.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2007-yil 28-sentabr, 20-15-259/24-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat”ning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Donni saqlash va qayta ishlab chiqarish obyektining portlash xavfsizligi texnik pasportini tuzish haqidagi yoʻriqnomasi — tasdiqlansin.
2. Mazkur meʼyoriy hujjat huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga yuborilsin.
3. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari O.N. Yunusovga yuklatilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Toshkent sh.,
2007-yil 13-sentabr,
139-son
“TASDIQLAYMAN” “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2007-yil 13-sentabrdagi 139-sonli buyrugʻi
Donni saqlash va qayta ishlash boʻyicha korxonaning portlash xavfsizligi texnik pasportini tuzish boʻyicha
yoʻriqnoma
I. Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun va “Sanoatda, konchilikda va maishiy-xizmat sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarori asosida ishlab chiqilgan boʻlib, donni saqlash va qayta ishlash boʻyicha korxonaning xavfli ishlab chiqarish obyektining portlash xavfsizligi texnik pasportini tuzish tartibini belgilaydi.
1.2. Mazkur Yoʻriqnoma donni saqlash va qayta ishlash boʻyicha korxonaning xavfli ishlab chiqarish obyektining (XIChO) portlash xavfsizligi texnik pasportini tuzish uchun uslubiy hujjat hisoblanadi.
1.3. Portlash xavfsizligi texnik pasporti donni saqlash va qayta ishlash jarayonida xavfli chang havo aralashmasini hosil boʻladigan, oʻz oʻzidan va har qanday uchqun manbai tufayli yonish xususiyatiga ega boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun tuziladi. Shunday obyektlarga quyidagilar kiradi:
temir yoʻl va avtomobil transporti uchun qabul qilish-ortish moslamasi;
elevatorlarning ishchi binolari va sigʻimlari, omborxonalar, don va uni qayta ishlashdan hosil boʻlgan mahsulotlarni qopsiz saqlash uchun sigʻimlar;
un, yorma, omixta em, omixta em aralashmasi, vitaminlar va premikslar, urugʻlik don ishlab chiqarish dastgohlari va boʻlimlari;
don tozalash boʻlimlari;
unni elash va qadoqlash boʻlimlari.
2. Portlash xavfsizligi texnik pasportining mundarijasi
2.1. 1.1 jadval
2.1.1. 3-ustunga binoning ichki oʻlchamlari orqali aniqlanadigan erkin hajmi V yoziladi. Ishlab chiqarish binosining erkin hajmi V binoning geometrik hajmidan qurilish konstruksiyalari va dastgohlarning hajmlarining ayrimasi orqali aniqlanadi. Shunday maʼlumotlar boʻlmaganda erkin hajmning V qiymatini binoning geomertik hajmining 0,8 qismini qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
2.1.2. 4-ustunga 1 m2 gacha aniqlikda hisoblab chiqilgan va qurilish konstruksiyalari devorlariga boʻladigan ruxsat etiladigan yukni hisobga olib hisoblash yoʻli bilan aniqlanadigan yoki formula boʻyicha yengil tushib ketuvchi konstruksiyalarning ruxsat etiladigan minimal yuzasi Gʻrux. qayd etiladi.
Gʻrux.= K. V,
bunda: V — ishlab chiqarish binosining erkin hajmi, m3 ;
K — tushib ketish koeffitsiyenti, B guruhga kiradigan tambur-shlyuz orqali chiqadigan zinopoyali ishlab chiqarish binolari uchun — 0,03 m2 /m3, tambur-shlyuz boʻlmaganda — 0,06 m2 /m3;
2.1.3. 5-ustunga ishlab chiqarish binosining tashqi devori yoki tepa qismida joylashgan yengil tushib ketuvchi konstruksiyalarining haqiqiy hajmining qiymati Fx yoziladi. Asosan yengil tushib ketuvchi konstruksiyalarga deraza oynalari ( mustahkam oyna bloklari bunday konstruksiyalar jumlasiga kirmaydi). Bunda 0,8; 1,0 va 1,5 m2 yuzadagi 3, 4 va 5 mm qalinlikdagi deraza oynalari yengil tushib ketuvchi konstruksiyalarga kiradi.
Engil tushib ketuvchi konstruksiyalarga 2 kPa (200 kg/m2) bosimda ochilib ketadigan yoki buzilib ketadigan shifer va metall listlar kiradi. Hisoblangan yuk yengil tushib ketuvchi konstruksiyaning massasidan 0,7 kPa (70 kg/ m2) kam boʻlmasligi lozim.
2.1.4. 7-ustunga yongʻin-portlash xavfsizligi boʻyicha A va B guruhga kiradigan ishlab chiqarish bilan boshqa ishlab chiqarish xonalarini ajratib turuvchi yongʻin xavfsizligi devorlarida tambur-shlyuzlar oʻrnatilgan eshiklar hamda tambur-shlyuz bilan jihozlanmagan koridor va zinopoyalar soni qayd etiladi.
2.1.5. 8-ustunga ishlab chiqarish binosida joylashgan maishiy xonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2.1.6. 9-ustunga bevosita ishlab chiqarish binosida joylashgan aspiratsiya qoldiqlari va chang toʻplanadigan hamda saqlaydigan bunkerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2.1.7. 10-ustunga boshqa kamchiliklar qayd etiladi (yopilmagan teshiklar, tugallanmagan devorlar, 2-sonli evakuatsiya chiqish joyi mavjud emas).
2.2. 1.2 jadval
2.2.1. Agarda binoning tom qismi yoki galereyalar zanglamaydigan tunika listlar, asbotsement listlar, shiferlar va boshqa, yaʼni yengil tushib ketuvchi materiallar bilan qoplangan boʻlsa, 6-ustunga tegishli yozuvlar qayd etiladi. Yer ustki yoʻlaklarining yengil tushib ketuvchi konstruksiyalarning yuzasi faqat toʻsib turuvchi konstruksiyalar yengil tushib ketmaydigan konstruksiyalardan iborat boʻlgan xollarda qayd etiladi, yengil tushib ketuvchi konstruksiyalar sifatida deraza foydalaniladi ( B guruhdagi yer ustki yoʻlagi uchun 1 m3 hajmga 0,03 m2 kam emas).
2.2.2. 5-ustunga yer osti inshootining (yer osti konveyerlar yoʻlaklari) yengil tushib ketuvchi konstruksiyasining ruxsat etiladigan yuzasining qiymati qayd etiladi. Bunda 1 m3 hajmga 0,06 m2 dan kam boʻlmasligi lozim.
2.3. 1.3 jadval
2.3.1. 4-ustunga bunker va siloslardan oʻtadigan qalinligi 2 mm dam kam boʻlmagan metall quvurlardan tayyorlangan aylana yuzaga ega boʻlgan noriylar soni qayd etiladi.
2.3.2. 11-ustunga lentasi chiqib ketishni nazorat qilib turuvchi moslama bilan jihozlangan noriyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2.4. 1.3, 1.4, 1.5, 1.6,1.7, 1.8, 1.11 jadvallar
2.4.1. Lenta chiqib ketishini nazorat qiluvchi, portlash bosimini kamaytiruvchi, magnit himoya, masofadan haroratni oʻlchaydigan, tez ishlaydigan, tezlikni nazorat qiluvchi moslamalar bilan jihozlanmagan dastgohlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2.5. 1.7 jadval
2.5.1. 2-ustunga don maydalash stanoklari, drobilkalar, yuvish, dondan arpani ajratish mashinalari hamda amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablari asosida magnit himoyasi oʻrnatilishi lozim boʻlgan avtomobil va temir yoʻldan qabul qilish moslamalari joylashgan binolar, ishlab chiqarish xonalari ( qavat) qayd etiladi.
2.5.2. 3,4,5 ustunlarga meʼyoriy elektromagnit separatorlarning soni, meʼyoriy va haqiqiy magnit maydonning uzunligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
2.6. 1.8 jadval
2.6.1. 2 ustunga masofadan haroratni oʻlchaydigan moslamalar bilan jihozlanishi lozim boʻlgan dastgohlar, silos korpuslari va obyektlarning nomlari qayd etiladi, jumladan:
elevatorlarning silos korpuslari va don saqlash omborxonalari;
shrot, kepak va granul oʻt uni saqlanadigan siloslar ( ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar).
2.7. 1.9 jadval
2.7.1. 2-ustunga xavfsizlik qoidalari va meʼyorlari talablariga javob bermaydigan aspiratsiya va pnevmatik tarmoqlar qayd etiladi.
2.7.2. 3-ustunga kamchiliklar qayd etiladi masalan, aspiratsiya qilinadigan dastgoh oʻrtasidagi blokirovka mavjud emasligi; aspiratsiya tarmogʻidagi ventilyatorlardagi elektrodvigatel bilan shlyuzoviklar oʻrtasidagi blokirovka mavjud emasligi; noriya va sigʻim, bir qancha noriyalar va boshqalar.
2.8. 1.10 jadval
2.8.1. 2-ustunga belgilangan tavsiyalar asosida tez ishlaydigan moslamalar oʻrnatilgan joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi. Bunda boshqa loyihalar qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 1.11 jadval hajmida qayd etiladi.
2.9. 2 jadval
2.9.1. 2-ustunga amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning toʻliq mazmuni hamda ularning bajarilishini nazorat qilish maqsadida dastgohlarning raqamlari qayd etiladi.
3. Yakuniy qoida
Mazkur Yoʻriqnoma “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” AK raisi E. Qudratov
Namuna
Xavfli ishlab chiqarish obyektining portlash xavfsizligi texnik pasporti
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektini portlash xavfsizligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar
1.1 jadval
1.2 jadval
* Iishootlarga don qabul qilish moslamalari, don saqlash omborxonalari va boshqa ishlab chiqarish xonalari kiradi.
1.3 jadval
* donni vertikal ravishda tashishga moʻljallangan transport dastgohi.
1.4 jadval
1.5 jadval
1.6 jadval
* donni maydalash uchun moʻljallangan texnologik dastgoh.
1.7 jadval
1.8 jadval
1.9 jadval
1.10 jadval
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining meʼyoriy talablarga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
