9-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi va oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.
Vakil uchinchi shaxslar, shu jumladan jamoat birlashmalarining aniq bir kishi yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, buning uchun ularning roziligi boʻlishi shart.
Vakil sudning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni koʻrib chiqmaydi.
