17-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Vakil Oliy Majlisning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa, Oliy Majlis Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Oliy Majlis Vakiliga nisbatan jinoiy ish faqat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Vakilni majburiy tarzda olib kelish, ushlab turish, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi yoki xizmat xonalarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
