1-modda.
Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida (392-I-son) · Sana: 24.04.1997 · Kuchini yo'qotgan
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili* — mansabdor shaxs boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar** tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
* Bundan buyon matnda “Vakil” deb yuritiladi.
** Bundan buyon matnda “tashkilotlar va mansabdor shaxslar” deb yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini toʻldiradi. Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashadi.
