Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida (2309-son)
09.01.2012
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-yanvarda 2309-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-dekabr,
2011-40-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga 1-ILOVA
KASSIR-OPERATSIYACHINING NAZORAT-KASSA DAFTARIXoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va STIR____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________Nazorat-kassa texnikasi oʻrnatilgan shoxobcha manzili _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________Xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyat turi _____________________________________________________________________________________________Nazorat-kassa texnikasining rusumi __________________________________ zavod raqami ______________________________________________________Nazorat-kassa texnikasi ishlab chiqarilgan sana _______________ dasturiy mahsuloti (versiyasi)________________ Nazorat-kassa texnikasini soliq inspeksiyasida roʻyxatga olish raqami _________________ sanasi_______________ Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan nazorat-kassa texnikasiga berilgan muvofiqlik sertifikati raqami ________________________________________ Berilgan sana ______________________________________________________________________ Nazorat-kassa texnikasiga texnik xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlovchi tashkilot nomi _________________________________________________________________________________________________________________________________(mexanikning F.I.O va tel. raqami)Nazorat-kassa texnikasi raqami _____________________________________________________________________________________________________(zavod raqami koʻrsatiladi)Sana (smena)Kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi“Z” hisobotining tartib raqamiNaqd pultushumi koʻrsatkichi(oʻsibboruvchitartibda)Ish kuni (smena) yakuni boʻyicha nazorat-kassa texnikasi koʻrsatkichiIsh kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumi Ish kuni (smena) oxiriga qoldiq summaImzolarish kuni (smena) boshiga ish kuni (smena) oxiriga jami Inkassatsiyagacha boʻlgan tushum oldingi ish kunidan qoldiq summa kassir-operatsiyachining yozuvning toʻgʻriligini tasdiqlovchi masʼul shaxsning 12345(4+6)67+(8+9)8910(6-8)1112
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-dekabrdagi 2011-40-son qaroriga 2-ILOVA
Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 306-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 47-son, 488-modda) muvofiq, kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (bundan keyingi oʻrinlarda daftar deb yuritiladi) — ish kuni (smena) davomida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasi xotirasiga kiritilgan va bank kassalariga topshirilgan hamda ish kuni oxiriga naqd pul tushumining qoldigʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladigan maxsus daftardir.
2. Daftar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanib, aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (bundan keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlar deb yuritiladi) tomonidan majburiy tartibda toʻldiriladi.
3. Daftar xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tekshiruvni oʻtkazayotgan mansabdor shaxslarga taqdim etilishi lozim.
II. Daftarga naqd pul tushumlari haqidagi yozuvlarni kiritish
4. 1-ustunda ish kuni (smena) sanasi (kun, oy, yil) koʻrsatiladi.
5. 2-ustunda kassir-operatsiyachining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi.
6. 3-ustunda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasining ish kuni (smena) yakunida olinadigan “Z” hisobotining tartib raqami koʻrsatiladi.
7. 4-ustunda joriy ish kuni (smena) boshiga (oldingi ish kuni (smena) oxiriga yaʼni 5-ustundagi) naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida koʻrsatiladi.
8. 5-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumi koʻrsatkichi oʻsib boruvchi tartibida (4 va 6-ustunlarning yigʻindisi) koʻrsatiladi.
9. 6-ustunda joriy ish kuni (smena) yakuni boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasi (xotirasiga kiritilgan naqd pul) koʻrsatkichi koʻrsatiladi.
10. 7-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan naqd pul tushumining jami summasi (8 va 9-ustunlar yigʻindisi) koʻrsatiladi.
11. 8-ustunda joriy ish kuni (smena) davomida bankka topshirilgan — inkassatsiyagacha boʻlgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
12. 9-ustunda oldingi ish kunidan qoldiq boʻlib oʻtgan naqd pul tushumi summasi koʻrsatiladi.
13. 10-ustunda joriy ish kuni (smena) oxiriga naqd pul tushumining qoldiq summasi (6-ustundan 8-ustun ayirmasi) koʻrsatiladi.
14. Kassir-operatsiyachi daftarning 1—10-ustunlarini toʻldirib, 11-ustunga imzo qoʻyadi.
15. Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbar tomonidan biriktirilgan masʼul shaxs daftarning 1—11-ustunlariga kiritilgan maʼlumotlarni tekshirib koʻrib, ularning toʻgʻriligini tasdiqlash uchun 12-ustunga imzo qoʻyadi.
16. Daftar toʻlgan (yoʻqolgan) holatlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorat-kassa texnikasi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga yozma murojaat qiladi va daftarni toʻldirish ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq davom ettiriladi.
III. Yakuniy qoida
17. Daftarning hisobi davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
