30-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagilardir:
oʻziga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqida ish yuritilayotgan shaxs;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili;
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran ish materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno, ulardan koʻchirmalar olishga, ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirishga haqli.
