27-modda. Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Raqobat toʻgʻrisida (O‘RQ-319-son) · Sana: 06.01.2012 · Amalda
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiisteʼmol qilganlik, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganligi xoʻjalik yurituvchi subyektni monopoliyaga qarshi organning qarorini (koʻrsatmasini) bajarish yoki raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etmaydi.
Raqobatni cheklovchi va raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda maʼlum qilgan shaxs maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
